Vazifalar

Band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish boshqarmasi

Boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

mehnat organlari tizimida ishsizlar va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish mintaqaviy markazlarini tashkil etadi va ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi;

ishga joylashishga muhtoj shaxslarni, ayniqsa, band bo‘lmagan yoshlarni, imkoniyati cheklangan shaxslarni va ishsizlarni iqtisodiyotning hamda mehnat bozorining real talablaridan kelib chiqqan holda kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;

ishsizlarni "Usta-shogird" usulida kasbga yakka tartibda qayta tayyorlashni tashkil etadi;

kasb-hunar kollejlari bazasida ishsizlar va band bo‘lmagan aholini (kasb-hunarga qayta tayyorlashning maxsus qisqa muddatli dasturlari bo‘yicha) kasb-hunarga qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining Kasb-hunar ta'limi markazi bilan birgalikda ishsizlar va band bo‘lmagan aholini, mehnat bozorida talabga ega bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha kasb-hunarga qayta tayyorlash va malakasini oshirish qisqa muddatli kurslarining o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

yoshlarning shaxsiy xususiyati va qiziqishlari, kasbiy qobiliyati va moyilligini baholash, ularga mehnat bozoridagi talab yuqori bo‘lgan kasblarni tanlashda ko‘maklashish va to‘g‘ri yo‘naltirish bo‘yicha amaliy tadbirlarni tashkil etish;

O‘zbekiston Respublikasida ishchi xodimlarni malaka darajasi va kasbiy ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha yagona va shaffof tizimni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish sohasida respublika hududida yagona davlat siyosatini yuritishni ta'minlaydi;

ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini shakllantiradi;

kasbiy ta'lim uchun zarur bo‘lgan huquqiy va me'yoriy baza yaratadi;

ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ularga kasbiy maslahatlar berish bo‘yicha joylardagi hududiy mehnat organlari qoshidagi o‘quv markazlarining faoliyatini muvofiqlashtirish va umummy boshqarishni amalga oshiradi;

ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish masalalari yuzasidan hududlararo hamkorlikka ko‘maklashadi;

ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasbiy tayyorlashga, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun grantlar ajratish ishlarini muvofiklanggirish;

ishsiz va band bo‘lmagan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamini kasbiy tayyorlashga, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun subsidiyalar ajratishni tashkil etish va muvofiqlashtirish;

yoshlar, shu jumladan, umumta'lim maktablarining yuqori sinflari o‘quvchilari o‘rtasida, mehnat bozori va bandlikning rivojlanishi istiqbollariga mos ravishda, kelajakdagi mehnat faoliyati yo‘nalishini tanlash va kasbiy-malakaviy rejalarni shakllantirish bo‘yicha axborotlar berilishini ular bilan maxsus psixologik testlar o‘tkazish hamda kasbga yo‘naltirish ishlarini muvofiqlashtirish;

o‘rta ta'lim maktablari, kollej va oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarining munosib ish bilan ta'minlanganligini o‘rganadi, ularning natijalari asosida o‘quv yurtlarida mutaxassisning kasbga yo‘naltirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

yoshlarning kasb-hunarga xohishini va kasbiy yo‘nalishlarini aniqlash uchun psixologik-sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazilishini tashkil etish va natijalari bo‘yicha takliflar kiritadi.