"ISHGA MARHAMAT" MONOMARKAZI

Band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi «Ishga marhamat» Monomarkazi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga va Metodik ta’minlash boshqarmasiga metodistlarni bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov asosida ishga qabul qiladi.

Nomzodlardan:
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimi uchun nomzoddan:
- Kasbga o‘qitish tajribasi;
- Pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumot;
- Xorijiy tillardan birini bilish va axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalana olish;
- Malaka toifasi;
- Kasbga doir o‘quv jarayonlarini tashkil eta olish, metodik tavsiyalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, o‘quv-rejalar va nizomlarni mukammal ishlab chiqa olish ko‘nikmalari talab etiladi.

Metodik ta’minlash boshqarmasiga metodistlar nomzodlaridan:
- Xorijiy tillardan birini (asosan rus tilini) bilish va axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan mustaqil foydalana olish;
- Kasbga o‘qitish metodologiyasini tushunish, o‘quv jarayonidagi me’yoriy hujjatlarni yurita olish ko‘nikmalari talab etiladi.
Mehnat sharoitlari:
- Monomarkaz zamonaviy standartlarga mos ravishda jihozlangan;
- xodimlarning xizmat xonalari shinam, isitish va internet tizimlariga ulangan;
- rasmiy mehnat faoliyati;
- xorijiy davlatlarga xizmat safarlarining mavjudligi;
- ish vaqti: 5 kunlik, 9:00 dan 18:00 gacha;
- ish haqi: suhbat davomida aniqlashtiriladi.


Manzil: Toshkent shahar Yashnobod tumani, Parkent ko‘ch., 331. Tel: (71) 2076900. Ichki qisqa raqam (106).
Ma’lumotnoma va rezyumeni + (998) 90 996 16 98 telegram raqamiga yuboring.
Kadrlar bo‘limi mutaxassisi: (97) 7272612