Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparatidagi vakant lavozimlarga tanlov qilindi

#e’lon

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparatidagi vakant lavozimlarga tanlov qilindi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda vazirlikning markaziy apparatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi:

- Xalqaro hamkorlik va XMT bilan hamkorlik qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;

- Kasb-hunarga o‘qitishni tashkil etish va kasbiy malakani rivojlantirish departament mudiri o‘rinbosari

- Bandlik dasturlarini shakllantirish va monitoring qilish boshqarmasi Tadbirkorlikni rivojlantirish shoʻbasi bosh mutaxassisi;

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalidan (http://vacancy.argos.uz/) ro‘yxatdan o‘tishlari, so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari lozim.

 

  

Vakant lavozimlarga qo‘yiladigan malaka talablarining

Vakant lavozim nomi

Xalqaro hamkorlik va XMT bilan hamkorlik qilish boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari

Ma’lumot

Oliy ma’lumotli

Mutaxassislik

Iqtisodiy yoki yuridik yoki xalqaro munosabatlar yo‘nalishida (xorijiy va xalqaro oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlar qo‘llab-quvvatlanadi)

Mehnat staji

Davlat organlari va tizim tashkilotlarida kamida 2 yil

Xorijiy tilni bilish darajasi

O‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal bilish kerak. .Ingliz tili uchun - milliy sertifikat yoki IELTS 6,0, TOEFL IBT 72, Cambridge Assessment English FCE xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori bo‘lishi shart

Kompyuter savodxonligi

Axborot-kommunikasiya texnalogiyalarini yuqori darajada biladigan, jumladan Microsoft Word, Exsel dasturlarini mukammal bilishi

Qo‘shimcha talablar

Mehnat sohasi bo‘yicha yangiliklar amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishi kerak.. Halqaro loyixalar bilan ishlashda tajribaga ega bo‘lgan va Diplomatik etiket, xalqaro uchrashuvlar, suhbat va muzokaralar olib borish va tantanali tadbirlar o‘tkazish, protokol yuritish.Mehnatsevarlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish

 

 

Vakant lavozimlarga qo‘yiladigan malaka talablarining

 

Vakant lavozim nomi

Bandlik dasturlarini shakllantirish va monitoring qilish boshqarmasi Tadbirkorlikni rivojlantirish shoʻbasi bosh mutaxassisi

Ma’lumot

Oliy ma’lumot

Mutaxassislik

Iqtisodiy yoki yuridik yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo‘lgan

Mehnat staji

Davlat organlari, tizim tashkilotlarida kamida 2 yil ish stajiga ega

Xorijiy tilni bilish darajasi

o‘zbek va rus

Kompyuter savodxonligi

Axborot-kommunikasiya texnalogiyalarini yuqori darajada biladigan, jumladan Microsoft Word, Exsel va Power Point dasturlarini mukammal bilishi.

Qo‘shimcha talablar

Hujjatlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish) bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan; Mehnatsevarlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish

 

Vakant lavozimlarga qo‘yiladigan malaka talablarining

 

Vakant lavozim nomi

Kasb-hunarga o‘qitishni tashkil etish va kasbiy malakani rivojlantirish departament mudiri o‘rinbosari

Ma’lumot

Oliy ma’lumot

Mutaxassislik

Pedagogik yoki yuridik yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo‘lgan

Mehnat staji

Davlat organlari, tizim va profta’lim tashkilotlarida kamida 3 yil ish stajiga ega

Xorijiy tilni bilish darajasi

o‘zbek va rus

Kompyuter savodxonligi

Axborot-kommunikasiya texnalogiyalarini yuqori darajada biladigan, jumladan Microsoft Word, Exsel va Power Point dasturlarini mukammal bilishi.

Qo‘shimcha talablar

Hujjatlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish) bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan; Ta’lim, kasb-hunarga o‘qitish, kasbga yo‘naltirish, malaka oshirish tizimi bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan hamda norma ijodkorligi (profta’lim tizimida ish stajiga ega bo‘lgan, hujjatlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish) bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan.