➡️ MA'NOLAR XAZINASI ⬅️

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH TARIXI

 

Bobilning miloddan avvalgi 1792-1750 yillardagi shohi Xammurapining adolatpesha qonunlar majmui, undan ham qadimroq shoh Ur-Nammu (miloddan avvalgi 2112-2094 yillar)ning qonunlari va boshqa manbalarning mavjudligi “hujjatlar” deb ataladigan tartibot vositalarining nechog‘li olis va murakkab tarixga ega ekanligini ko‘rsatadi. Albatta, kishilik jamiyatining taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarning almashinishi, aniqrog‘i, kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning takomillashishi barobarida hujjatlar ham takomil topib borgan. Bugungi kunda fanga tariximizning turli  davrlarida o‘rxun-enasoy, sug‘d, eski uyg‘ur, arab va boshqa yozuvlarda bitilgan juda ko‘plab hujjatlar, umuman, yozma manbalar maʼlum.

 

       Sharqda X-XIX asrlarda yorliq, farmon, noma, bitimlar, arznoma, qarznomalar, vasiqa, tilxat yoki mazmunan shunga yaqin hujjatlar nisbatan keng tarqalgan.Yorliqlar mazmunan xilma-xil bo‘lgan: xabar, tavsif, farmoyish, bildirish, tasdiqlash va h.k.Bu o‘rinda To‘xtamishxonning 1393 yilda polyak qiroli Yag‘aylaga yo‘llagan yorlig‘i, Temur Qutlug‘ning 1397 yildagi yorlig‘i, Zahiriddin Boburning otasi Umarshayx Mirzoning marg‘ilonlik  Mir Sayid Ahmad ismli shaxsga 1469 yilda bergan yorlig‘i, Toshkent hokimi Yunusxo‘janing 1797 yil 2 iyunda Peterburgga – Rossiya podshosiga o‘z elchilari orqali yuborgan yorlig‘i va boshqalarni eslatib o‘tish mumkin.

 

        Mazkur davr yorliqlarida o‘ziga xos lisoniy qolip shakllangan, yorliqlar matn jihatidan anʼanaviy tarkibiy qismlarga ega bo‘lgan. Masalan, eslab o‘tilgan yorliqlarning birinchisi – “To‘xtamish so‘zim Yag‘aylag‘a” deb, ikkinchisi esa – “Sulton Umarshayx Baxodur so‘zim”deb boshlangan.Bayonda ham muayyan qolip bor, shuningdek, albatta, yorliq yozilgan sana va joy ko‘rsatilgan.

 

    XIX asrda Quqon xonligida keng tarqalgan hujjatlardan biri “patta”lardir. Pattada maʼlum kishiga muayyan miqdordagi pul, mahsulot, urug‘ (don) yoki boshqa narsalarni berish lozimligi haqida maʼlumot aks ettirilgan. Patta matnlarida ham o‘ziga xos doimiy muayyan tarkib va nutqiy qolip borki, bu ham o‘zbek (turkiy) xujjatchiligi uzoq tarixiy tajriba va tadrijiy takomil mahsuli ekanligining dalilidir.

 

     O‘zbek tilidagi hujjatchilikni takomillashtirishda mavjud tajribalardan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Hozirgi kunda amaliyotda “qonun”,  “farmon”, “qaror”  so‘zlarini ularning nomlaridan keyin baʼzan bosh harf bilan, baʼzan kichik harf yozish holatlari uchramoqda.  Aslida,O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan eʼlon qilingan qonun,farmon va qarorlar oliy tashkilot va oliy mansab egasi nomidan eʼlon qilingani sababli ularning nomlaridan keyin keladigan “qonun”, “farmon”, “qaror”  so‘zlari bosh harfda yozilishi kerak. Masalan: “Davlat tili haqida” gi O‘zbekiston Respublikasi  Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi  “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi “O‘zbekiston tarixi  telekanalini tashkil etish chora-tadbirlar to‘g‘risidagi”gi Qarori.

- Davlat tili masalasi milliy g‘oyamizning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lishi zarur. Yosh avlod qalbiga ona tilimizni bolalikdan singdirish maqsadida ta’limning barcha bosqichlarida o‘zbek tilini zamonaviy va innovatsion texnologiyalar asosida mukammal o‘rgatishga alohida e’tibor qaratishimiz lozim. Toki, bolalarimiz o‘zbek tilida ravon o‘qiydigan, ravon yozadigan va teran fikrlaydigan insonlar bo‘lib yetishsin.

 

Sh.Mirziyoyev

 

- Xalqimizning ulug‘vor qudrati jo‘sh urgan hozirgi zamonda

O‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda. 

 

                                                                                             Sh.M.Mirziyoyev

 

- “Milliy davlatchiligimiz va o‘zligimiz timsoli bo‘lgan ona tilimizni rivojlantirish

bu borada eng muhim yo‘nalish bo‘lib qoladi. Xudo xohlasa, bu yil 21 oktyabr-O‘zbek tili bayrami kunini butun mamlakatimiz miqyosida keng nishonlaymiz”.

 

                                                                                                     Sh.M.Mirziyoyev

 

   - “Poytaxtimizdagi kuni kecha foydalanishga topshirilgan yangi yer osti va yer usti metro liniyalari, G‘alaba bog‘i, Adiblar xiyoboni singari muhtasham majmualar,

barcha hududlarimizda qad ko‘tarayotgan zamonaviy bino va inshootlar xalqimizning ulkan bunyodkorlik salohiyatidan yorqin dalolatdir”.

 

                                                                                                    Sh.M.Mirziyoyev

 

     - “Farzandlarimizning isteʼdod va qobiliyati, ezgu intilishlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy faolligini oshirish, hayotda munosib o‘rin egallashlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berish bundan buyon ham bosh maqsadimiz bo‘lib qoladi”.

 

                                                                                                         Sh.M.Mirziyoyev

 

- “Maʼlumki, har qanday mustaqil davlat mustahkam maʼnaviy poydevorga ega bo‘lgandagina yuksak taraqqiyotga erisha oladi”.

 

                                                                                                          Sh.M.Mirziyoyev

 

  - “Xalqimizda “Ko‘z – qo‘rqoq, qo‘l – botir”, degan chuqur maʼnoli ibora bor. Bugungi sharoitda bizning ko‘zimiz ham, qo‘limiz ham, yuragimiz ham botir bo‘lishi kerak. Belimizni mahkam bog‘lab, pok niyat bilan mehnat qilsak, shubhasiz, ko‘zlagan marralarimizga erishamiz”.

 

                                                                                                         Sh.M.Mirziyoyev

 

    “Muqaddas kitoblarda aytilganidek, har qanday qiyinchilik ortidan albatta bir yengillik keladi. Barchamiz bunga ishonamiz va qodir Ollohdan shuni so‘raymiz”.

 

                                                                                                          Sh.M.Mirziyoyev

 

    “Hazrat Alisher Navoiyning:

      Davron elining jismida jon bo‘lg‘il,

      Ham jonlariga moyai darmon bo‘lg‘il, - degan so‘zlari bugun yanada teran maʼno  bilan yangramoqda.

      Chindan ham, hozirgi davr har birimizni saxovat va himmat ko‘rsatib, xayrli ishlarimiz bilan el-yurt dardiga darmon bo‘lishga undamoqda”.

                                                                                            

                                                                                             Sh.M.Mirziyoyev

 

Sut emganda kirgan ona til erur,

                                                                      Otayu ona haqqi, saqla ani!

Alihon To'ra SOG'UNIY

“Bizning yoshlar albatta boshqa tilni bilish uchun sa’y-harakat qilsinlar,

lekin, avval, o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar.

Zero, o‘z tiliga sadoqat – bu vataniy ishdir”.

Is’hoqxon Ibrat

Inson qalbi bilan hazillashmang siz,
Unda millat yashar, unda TIL yashar.
Unda ajdod fahri yashaydi so‘zsiz,
Unda istiqomat qiladi bashar.

Inson qalbi bilan hazillashmang siz,
Unda ona yashar, yashaydi Vatan.
Uni jo‘n narsa deb o‘ylamag hargiz,
Hayhot! Qo‘zg‘almasin bu qalb da’fatan!

Abdulla Оripov

So‘ziga boq agar bilmoq tilarsan kimsa ahvolin,
Ki asrori nihoni suratig‘a keldi mazhar so‘z...

MUHAMMADRIZO OGAHIY

 

ONA TILIM

                      Yobonlarning cheksizligi,                         

Ham samumi, ham hovuri,

Onajonlar allasidan

Ko‘z yoshidan, oq sutidan,

To‘qaylarning tengsizligi,

Jilg‘alarning sho‘x hovuri,

Yigitlarning yallasidan,

Suluvlarning sukutidan

     Yo‘g‘rilgan til – ona tilim...