28 aprel kuni O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida “Mehnatni muhofaza qilishda ma'lumotlarni to'plash va ulardan foydalanishni optimallashtirish” mavzusidagi davra suhbati o'tkazildi.

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan tadbir Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuniga bag'ishlandi.

Tadbirda ijtimoiy hamkor tashkilotlar – O'zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi, shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Sog'liqni saqlash vazirligi vakillari, “Sanoatgeokontexnazorat” va “Energonazorat” davlat inspektsiyalari, toh kon sannoati, kimyo, mashinasozlik, farmatsevtika va shu kabi sohadagi tashkilot va korxonalarning mehnatni muhofaza qilish xizmati va mehnatni muhofaza qilish bo'yicha mutaxassislar ishtirok etdi.

Xalqaro mehnat tashkilotidan Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo'yicha bosh mutaxasasis janob Gocha Aleksandria va “O'zbekiston Respublikasida munosib mehnat dasturini amalga oshirishni qo'llab-quvatlash” loyihasi bosh texnik maslahatchisi janob Anton Xauzen ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida janob G. Aleksandriya XMT 2017 yilda bu kunni “Barqaror iqtisodiy o'sish, to'liq va unumli bandlik va barcha uchun munosib ish” shiori ostida nishonlayotganligini bildirdi. Shuningdek, “O'zbekiston parlamenti va hukumati tomonidan mehnat sharoitlarini yanada takomillashtirish bo'yicha faol ishlar amalga oshirilayotganligi, munosib mehnat bo'yicha mamlakat dasturi talablari hayotga tadbiq etilayotganligi”ni qayd etdi.

O'zbekiston Mehnat vazirligi mehnatni muhofaza qilish va mehnat ekspertizasi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari N.Sulaymanova ishtirokchilarni yangi tahrirdagi “Mehnat muhofazasi to'g'risida”gi Qonun talablarini tabiq qilish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar to'g'risida to'liq tanishtirdi. N.Sulaymanova Mehnat vazirligi tomonidan vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda mehnat muhofazasiga oid normativ-xuquqiy xujjatlarni ishlab chiqishda keng qamrovli ishlar amalga oshirilganligini qayd etdi.

Xususan, tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish bo'yicha namunali Nizom loyihasi, tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmati, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar ko'rsatuvchi ishtirokchilar faoliyati va ularni yuritishning yagona reestri, tashkilotda mehnatning muhofaza qilinishini boshqarish tizimi auditini o'tkazish bo'yicha Nizomlar ishlab chiqilda va o'rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

Shuningdek, davra suhbati davomida neft-gaz tizimida baxtsiz hodisilar va kasb kasalligini oldini olish choralari, “Olmaliq GMK” OAJda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa va kasb kasalligini olini olish sohasidagi zamonaviy usullar muhokama qilindi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasida mehnatni muhofaza qilish soha rivojiga o'z hissasini qo'shganligi uchun tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimlar diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar. Jumladan, Mehnat vazirligi mehnatni muhofaza qilish va mehnat ekspertizasi boshqarmasi bosh mutaxassisi O.Ashurov ko'p yillik xizmatlari va mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xuquqiy xujjatlarni ishlab chiqishda faollik ko'rsatganligi uchun diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

Tadbir dasturiga ko'ra ishtirokchilar kompanii MChJ «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, LTD» kompaniyasida xodimlarga yaratilgan mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar bilan tashishdi.

 

Mehnat vazirligi Axborot xizmati

 

Manba: www.gov.uz