Fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi GroundZero bilan birga yangi kovorking markazi ochishni rejalashtirmoqda.  

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda “GroundZero” kovorking markazi hamkorligining muhim vazifalaridan biri – bu yangi ish o‘rinlarini yaratish, OTM bitiruvchilarining mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish hisoblanadi. Aholi bandligiga ko‘maklashish markazida ro‘yxatdan o‘tganlar uchun kovorkingda ishtirok etish va qatnashish bo‘yicha imtiyozlar mavjud.   

Yangi filialda ishga joylashmagan O‘zbekiston fuqarolari uchun seminar, trening va psixologik seminarlar o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Seminarlar quyidagi mavzular bo‘yicha o‘tkaziladi:

- kattalar uchun kasbga yo‘naltirish;

- samarali ishga joylashish;

- aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash;

- menejerlar maktabi.

Kovorkingda ish qulayligi uchun barcha sharoitlar mavjud: qulay mebel, Wi-Fi, shuningdek, dam olish va oshxona maydonlari.

Turli tadbirlar o‘tkazish uchun ivent-hudud va konferens-zal tashkil etilgan.

Murojaat uchun tel.: +998909012272

Manzil: Sergeli tumani, Sergeli-8 dahasi

Mo‘ljal: “Jiz-Biz” restorani