O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rahbariyati 2019-yilning 13-fevral kuni soat 11:00 da fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha litsenziyaga ega Xususiy bandlik agentliklari rahbarlari bilan Yaponiyada stajorlarni texnik tayyorlash dasturida ishtirok etish mavzusiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etadi. Yaponiyada stajorlarni texnik tayyorlash dasturi joriy yilning yanvar oyida ikki davlat vazirliklari o‘rtasida imzolangan hamkorlik Memorandumi asosida amalga oshiriladi. Mazkur dasturga qiziqish bildirgan va uchrashuvda ishtirok etish istagida bo‘lgan Xususiy bandlik agentliklari vakillarini taklif etamiz.