2018-yil 19-noyabr Toshkent “Hyatt Regency” konferensiyalar zalida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Osiyo taraqqiyot banki va xorijiy ekspertlar ishtirokida malaka oshirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev, Osiyo taraqqiyot banki vakolatxonasi direktori vazifasini bajaruvchi Sindi Malvichini, Osiyo taraqqiyot bankining ta'lim bo‘yicha bosh mutaxassisi Norman LaRok hamda malaka oshirish va mehnat bozorini rivojlantirish masalalari bo‘yicha qator xorijiy mutaxassislar qatnashdi.

Seminar davomida malaka oshirish bo‘yicha hududlarda olib borilgan chora-tadbirlar, malaka yuzasidan monitoring o‘tkazish tizimi, sohalar bo‘yicha malakalarni baholash va o‘rganish natijalari kabi muhim masalalar muhokama etildi.

Seminar yakunida bildirilgan fikr-mulohazar bo‘yicha umumiy xulosalar chiqazildi.