Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Amerikaning nufuzli nashrlaridan biri "The Wall Street Journal" gazetasi muxbiri Tomas Grouv (Thomas Grove) bilan vazir Sherzod Kudbiyev o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tdi.

Suhbat mavzusi majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekistonda olib borilayotgan amaliy ishlar, bu yilgi paxta mavsumida fuqarolar uchun davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik masalalariga bag‘ishlandi.

Amerika muxbiri majburiy mehnatga qarshi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida qiziqish bildirdi. O‘z navbatida, vazir Sh.Kudbiyev "The Wall Street Journal" muxbirini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berdi.