Uchrashuv davomida Prezident Li Mun Su Koreya malaka sifatini baholash tizimini prezentatsiya orqali atroflicha yoritib berdi.

Tomonlar malakani baholash sohasi, kasbiy ta'lim va ta'lim muassasalaridagi o'qitish sifatini baholash tizimi hamda kompetentsiyaning kasbiy baholash metodologiyasi kabi qator masalalarni muhokama qildi.

Uchrashuv yakuni bo'yicha tomonlar yaqin munosabatlarni yuritishga kelishib, hamkorlik to'g'risida bitimlar imzolashga tayyorligini bildirishdi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot xizmati