2018 yil 11 sentyabr Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida “Relationship” kompaniyasi bosh menedjeri Kurixara Masaxiro boshchiligidagi Yaponiya delegatsiyasi bilan uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuvda Yaponiyaning “Relationship”, “Japan Style” kompaniyalari vakillari, Kabar Qirg'iziston axborot agentligining O'zbekiston bo'yicha muxbiri hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o'rinbosari Erkin Muhitdinov boshchiligidagi vazirlikning mas'ul xodimlari ishtirok etishdi.

Uchrashuv doirasida tomonlar O'zbekistondagi yapon tili o'qitiladigan tegishli oliy ta'lim muassasalari bilan aloqalarni o'rnatishda yordam ko'rsatish hamda O'zbekistonda mehnat migrantlarini o'qitadigan yapon markazlarini tashkil etish kabi masalalarni muhokama qildi.

Uchrashuv yakuni bo'yicha yapon ish beruvchilari va O'zbekiston fuqarolari ishtirokida seminar o'tkazish hamda belgilangan vazifalar yuzasidan muntazam hamkorlik olib borishga kelishib olindi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot xizmati