Uchrashuv davomida tomonlar O'zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasining Kvandju shahrida tashkil etiladigan vakolatxonasi faoliyati, kelgusi hamkorlik rejalari hamda migratsiya sohasining dolzarb masalalarida muhokama olib bordi.

Xususan, Kvandju shahar hokimi Agentlik vakolatxonasi faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlashga va bu borada istiqbolli loyihalarni imzolashga tayyorligini bildirdi.

O'z navbatida, vazir Sherzod Kudbiev mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida mehnat migrantlari alohida o'rin tutishi va ularning huquqlarini himoya qilib borish asosiy vazifalardan biri ekanligini va Kvandju shahrida tashkil etiladigan Agentlik vakolatxonasi bu yo'lda ishonchli odim bo'lishini ta'kidladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha hamkorlikni kuchaytirish va kelgusida o'zaro hamkorlik bitimlarini imzolashga kelishib oldi.

 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot xizmati