Uchrashuvda tomonlarning o'zaro hamkorligi, shu jumladan, tashkillashtirilgan tartibda Rossiyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O'zbekiston fuqarolariga patent berish bo'yicha xizmat ko'rsatish sohalariga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.

“O'tgan 2017 yil ishchilarni tashkillashtirilgan tartibda qabul qilish haqida hukumatlararo kelishuv imzolangani va kuchga kirgani bilan ahamiyatli bo'ldi. Rossiyalik ish beruvchilar talabiga javob beruvchi va o'z davlatida immigratsiyaoldi tayyorgarligidan o'tgan malakali xorij mutaxassislarini Rossiya hududida mehnat faoliyatiga jalb qilish O'zbekiston Respublikasi qatori Rossiya Federatsiyasi uchun ham manfaatlidir”, - deya ta'kidladi Aleksandr Gorovoy.

Vazirning birinchi o'rinbosari xorijiy fuqarolarni ishga joylashtirishda patent olish uchun kerak bo'ladigan hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog'liq ma'muriy to'siqlarni kamaytirish maqsadida Rossiya tomoni hamkorlik qilishga tayyorligini alohida qayd etdi.

Sherzod Kudbiev migratsiya sohasidagi qonunchilik va xalqaro majburiyatlarga muvofiq ikki davlatning samarali hamkorligini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga umid bildirdi.

Uchrashuv ishtirokchilari keng muhokama qilingan masalalar bo'yicha hamkorlik aloqalari o'rnatilishidan manfaatdor ekanliklarini aytib o'tishdi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot xizmati