Vazirlikda bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida tomonlar bandlikni ta’minlash va mehnat bozorini tartibga solish sohasidagi ikki davlat hamkorligining muhim va ustuvor yo‘nalishlari, tartiblangan va xavfsiz mehnat migratsiyasi, shuningdek, iqtisodiyot sifrovizatsiyasi istiqbollari va ilg‘or axborot texnologiyalari joriy etilishini muhokama qilishdi.

Elchi tomonidan 2018 yil 3-4 iyul kunlari Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan “Global Buyuk Ipak yo‘li” forumiga tashrif buyurish uchun taklif bildirildi. 

Shu bilan birga, Qozog‘iston delegatsiyasining 2018 yil 26 iyun Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “Davlat xizmatining qonunchilik asoslarini takomillashtirish: O‘zbekiston tajribasi va xorijiy amaliyot” xalqaro konferetsiyada kutilayotgan ishtiroki tafsilotlari muhokama qilindi. 

Har ikki tomon ham 2018 yil mart oyida Ostonada bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiya doirasida erishilgan qarorlarni amalga oshirishning ahamiyatini ta’kidlashdi. 

Uchrashuv yakuni bo‘yicha tomonlar hamkorligini mustahkamlash maqsadida qo‘shma hujjat tayyorlash qarori qabul qilindi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot xizmati