O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” dasturi to‘g‘risidagi 2018 yil 29 martdagi PF-5386-son Farmoni va ”Obod qishloq” dasturini 2018 yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 2018 yil 29 martdagi PQ-3630-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyatining 12 ta tumanida 23 ta, Buxoro shahrida 2 ta hudud ushbu dasturga kiritilgan.
Dasturga kiritilgan hududlarda jami 30 ta byudjet tashkilotlarida jamoat ishlari tashkil etilgan bo‘lib, ushbu tashkilotlardan 206 nafar fuqaroni jamoat ishlariga jalb etish bo‘yicha buyurtmalar olingan va buyurtmalarga asosan jamoat ishlariga 187 nafar ishsiz fuqarolar jalb etilgan.
Dasturni amalga oshirish jarayonida jami 2643 nafar fuqarolar ishga joylashtirildi, bulardan 205 nafari yoshlar va 315 nafar xotin-qizlarni tashkil etadi. Shuningdek, 46 nafar ishsiz fuqarolar kasbga qayta o‘qitilib, egallagan mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashtirilgan. 
Shu bilan bir qatorda 660 ta xonadonlarga aholi tomorqalaridan samarali foydalanish va kichik issiqxonalar qurilishiga ko‘mak berilgan. Ushbu hududlarda 15 ta xotin-qizlar uchun kichik tikuv sexlari tashkil etilgan bo‘lib, ushbu sexlarga 30 nafar xotin-qizlar ishga joylashtirilgan. Shuningdek hududlardagi tijorat banklari tomonidan mavjud tomorqalardan samarali foydalanish va kichik issiqxonalar qurilishiga ko‘mak berish maqsadida 140 nafar fuqarolarga imtiyozli kreditlar ajratilgan
Dasturga kiritilgan hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini tashkil etish maqsadida 13 ta foydalanilmayotgan ob’ektlar xatlovdan o‘tkazilib, shulardan 8 tasi tadbirkorlarga foydalanish uchun berildi. Ushbu hududlarda bugungi kunga kelib 76 ta kichik savdo majmualari qurilgan, 79 ta xizmat ko‘rsatish majmualari faoliyatini boshladi, xususan, 13 ta sartaroshxona, 16 ta go‘zallik saloni, 8 ta poyabzal tuzatish ustaxonasi, 2 ta hammom va 40 ta boshqa turdagi xizmat ko‘rsatish majmualari tashkil etilgan. 

 


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot xizmati