29 martdagi PF-5386-son Farmoni va ”Obod qishloq” dasturini 2018 yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 2018 yil 29 martdagi PQ-3630-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyatining 15 ta tumani va Samarqand shahrida umumiy 32 ta hudud ushbu dasturga kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 122-ich-sonli buyrug‘ini ijrosi yuzasidan joylardagi tizim mutaxassislari tomonidan joylarga borib o‘rganib tahlil qilindi.
Dasturni amalga oshirish jarayonida 174 nafar yoshlar va 86 nafar xotin-qizlar ish bilan ta’minlandi 
Aholida mavjud tomorqalaridan samarali foydalanish va kichik issiqxonalar qurish maqsadida umumiy hisobda 684 nafar xonadonlarda mavjud tomorqalardan to‘g‘ri foydalanish uchun davlat tomonidan ijtimoiy yoki iqtisodiy ko‘mak berildi.
Dasturga kiritilgan hududlarda shu kunga qadar umumiy hisobda 33 ta kichik savdo majmualari, 31 ta xizmat ko‘rsatish majmualari faoliyatini boshladi. Jumladan Tayloq tumanidagi Nurli yo‘l MFY hududida 2 ta kichik savdo majmualari, 2 ta xizmat ko‘rsatish majmualari, Nurobod tumanidagi Jom MFY hududida 2 ta kichik savdo majmualari, 3 ta xizmat ko‘rsatish majmualarining qurilganligi bunga misol bo‘la oladi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot xizmati