O‘zbekiston Respublikasida asrlar davomida yurtimiz sarhadlarini mardona ximoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan mard o‘g‘lonlarimiz va vatandoshlarimiz xotirasi abadiy qalbimizda.

Bu yilgi tantanalar “Qahramonlik, burch va fidokorlik” hamda “Ajdodlar xotirasi – muqaddas” shiori ostida Respublikamizning barcha xududlarida ko‘tarinki ruxda bo‘lib o‘tmoqda.

Har qaysi xalqning odamiyligi va ma’naviy qadriyatlari, mehr-oqibat va olijanobligi ana shunday unutilmas damlarda yaqqol namoyon bo‘ladi



Dunyo tarixidagi eng dahshatli, eng qonli qirg‘in bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi insoniyatga mislsiz yo‘qotishlar, talafot va musibatlar olib kelgan. Ushbu beshafqat jangda O‘zbekistondagi mehnatga layoqatli aholining deyarli yarmi qatnashgan, ularning 500 mingdan ko‘prog‘i jang maydonlarida halok bo‘lgan. Qanchadan-qancha insonlar mayib-majruh bo‘lib qaytgan, yana qanchasi bedarak ketgan.

Xalqimiz front hududlaridan ko‘chirilgan bir millionga yaqin kishini qabul qilgan. Jumladan, ikki yuz mingdan ziyod bolalarni “Sen yetim emassan” deb oilasi bag‘riga olgan, bir burda nonini ular bilan baham ko‘rib,o‘z bolalari qatori voyaga yetkazgan.



Poytaxtimizdagi Xotira maydoni har qachongidan gavjum. Bu yerga urush va mehnat faxriylari, senatorlar va deputatlar, hukumat a’zolari, harbiylar, jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi.

“9 may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rahbar va xodimlari ehtirom bildirgan holda “Motamsaro ona” haykali poyiga gul qo‘yishdi.





Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot xizmati