Sirdaryo viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi, viloyat o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, O‘zbekiston “Yoshlar ittifoqi” viloyat Kengashlari hamkorligida, xotin-qizlar, yoshlar, nogironlar, qurolli kuchlardan zaxiraga bo‘shatilganlar, jazoni o‘tash muassasalaridan ozod etilganlar va xorijiy davlatlardan qaytgan mehnat migrantlarining bandligini ta’minlash maqsadida Boyovut tumanidagi sanoat kasb-hunar kollejida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.


O‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 62 ta korxona va tashkilotlar 811 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar. 
Yarmarka doirasida jami 1860 nafar fuqarolar ishtirok etdi va ularning 324 nafariga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi. 
Xususan yarmarkada ishtirok etgan 85 nafar fuqarolarga mehnat qonunchiligi bo‘yicha tushunchalar berilib, bo‘sh ish o‘rinlarida belgilangan kafolatlar va imtiyozlar yuzasidan malakali mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar o‘tkazildi. 

 


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot xizmati