Buxoro viloyati Kasaba uyushmalari birlashmasida 2018 yil 7 may kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi Yuridik bo‘limi yetakchi mutaxassisi G.Babaniyozova, O‘zbekiston Reupublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat huquq inspeksiyasi boshlig‘i S.Sulaymanov, viloyat prokuraturasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari, Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi xodimlari, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat huquq inspektorlari ishtirokida “Mehnat huquqlari asoslari, bolalar mehnati va majburiy mehnat oldini olish masalalari” mavzusida seminar o‘tkazildi.


Seminarni Buxoro viloyati Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi G‘.Safarov ochib, kirish so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2017 yil 19 sentyabrda BMTning Bosh assambleyasining sessiyasida O‘zbekiston Resublikasi Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda yaqindan ishlar olib borilayotganligi to‘g‘risida ma’ruzalari olib borilayotgan ishlarga yangi turtki bo‘lganligi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Xususan, seminarda viloyat Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi o‘rinbosari M.Shukurov viloyatda ijtimoiy hamkorlar, huquqni muhofaza qilish idoralari bilan hamkorlikda fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlari, bolalar mehnati va majburiy mehnatni oldini olish va yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan 2017 yil va 2018 yil 1-choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.



O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi Yuridik bo‘limi yetakchi mutaxassisi G.Babaniyozova o‘z ma’ruzasida Bandlik va mehnat munosabatlari, Savdo-sanoat palatasi, Xalqaro Mehnat Tashkiloti va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda muqobil va munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash yo‘nalishida faol hamkorlik yuritilayotganligi ma’ruza qilib, majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik hamda uni oldini olishga qaratilgan milliy qonunchilik va halqaro hujjatlarda tushunchalar haqida batafsil so‘z yuritdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat huquq inspeksiyasi boshlig‘i S.Sulaymanov o‘z so‘zida majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganlik uchun qonunchilikda nazarda tutilgan jazo va jarimalar haqida va bu borada hududiy Davlat mehnat huquq inspeksiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga batafsil to‘xtalib, seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javob berdi.



Seminar yuqori saviyada o‘tkazilib, tadbir davomida ishtirokchilar kun mavzusi bo‘yicha fikr va mulohazalar bilan almashib oldilar.



Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot xizmati