O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 2017 yil 
7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmonida ijtimoiy sohani rivojlantirish yo‘nalishida aholini bandligi va real daromodlarini izchil oshirib borilishi lozimligi ko‘rsatilgan.


Shu munosabat bilan, mehnat bilan band bo‘lmagan fuqarolarni, shuningdek kasb-xunar kollej bitiruvchilarini va uyushmagan yoshlarni, maqbul ish bilan ta’minlash maqsadida Chimboy tumani xokimiyati, tuman mudofaa ishlar bo‘limi, prokuraturasi, Yoshlar ittifoki va Chimboy tumani Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan tashkillashtirilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi 2018-yil 12-aprel kuni Chimboy Iqtisodiyot kasb-xunar kollejida o‘tkazildi. Bu yarmarkaga Chimboy tumanida joylashgan 27 korxona, fermer xo‘jaligi va tashkilotlardan jami 80 bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.


Tadbirga 74 nafar ish qidiruvchi jalb qilinib, jumladan yoshlar, kollej bitiruvchilari va xotin-qizlar qatnashdi. Yarmarkaning yakuni bilan jami 21 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi, shundan 13 nafari yoshlar, 6 nafari xotin-qizlar va 2 nafari kollej bitiruvchilardan tashkil topgan.
Shuningdek, yarmarkada 16 nafar fuqarolarga xaq to‘lanadigan jamoat ishlariga yo‘llanmalar berildi.