Kudbiyev Sherzod Davlyatovich O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga tayinlandi.

Xaitov Aktam Axmadovich boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yangi vazir tayinlandi.

2018 yil 12 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga Sh.D.Kudbiyevni tayinlash to‘g‘risidagi Farmonga imzo qo‘ydi.

Sh.D.Kudbiyev yangi lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tuman hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot xizmati