O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2018 yil 13 aprel kuni coat 11:00da O‘zbekiston milliy matbuot markazida «Mehnat bilan band bo‘lmagan aholini, ayniqsa, yoshlarni ishga joylashtirish samaradorligini oshirish, xorijiy davlatlarda mehnat qilayotganlarning mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnat muhofazasini kuchaytirish va xorijga ishga yuborish tizimi shaffofligini ta’minlash borasida belgilangan vazifalar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3584 qarori ijrosi» yuzasidan matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot xizmati