O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2018 yil 23 fevral kuni O‘zbekiston milliy matbuot markazida “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimini takomillashtirish borasida berilgan vazifalar ijrosi, bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish borasida belgilangan chora-tadbirlar, bu borada avval yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni takrorlamaslik bo‘yicha qilingan ishlar” to‘g‘risida matbuot anjumani o‘tkazildi.


Mutbuot anjumanini O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari E.M.Muxitdinov ochib berdi va tizimda olib borilayotgan yangi isloxotlar, yangi ish o‘rinlari yaratish, yoshlarni ish bilan ta’minlash, bandlik sohasini yanada takomillashtirish, Xalqaro aloqalar jumladan, tashqi mehnat migratsiya masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Anjuman davomida Band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirishni tashkil qilish boshqarmasi boshlig‘i F.N.Suyunov mehnat bozori va aholi bandligini ta’minlash sohasida ko‘rilayotgan tizimli choralarga to‘xtaldi.
Aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishida 2017 yilda hududiy bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan 229,9 ming nafar fuqaro ishga joylashtirildi, 27,1 ming kishi jamoat ishlariga jalb etildi, 6,6 ming kishi kasbga o‘qitildi va kayta tayyorlandi, 10,4 ming kishiga ishsizlik nafaqasi tayinlandi.
Ish qidirayotgan fuqarolar uchun qulayliklar yaratish maqsadida 2017 yilda 1218 ta bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etilib, ularda 59,3 mingga yaqin ish beruvchilar vakillari va 204,9 ming nafar ish qidirayotgan fuqarolar ishtirok etdi. Yarmarkalar natijasiga ko‘ra 52,2 ming nafar shaxs ishga yo‘llanma oldi va 133 mingdan ortiq faol ish qidirayotganlarga mehnat, bandlik va huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlar berildi.


Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishning namunali yangi mexanizmi asosida iqtisodiyot kompleksi tarkibiga kiruvchi barcha tashkilotlarning rahbar va mas’ul xodimlariga jami 1410 ta kollejdagi 456,8 mingta bitiruvchilar biriktirildi. Bitiruvchilarini ishga joylashganligini monitoringi yuritish bo‘yicha maxsus tashkil etilgan “college.mehnat.uz” axborot tizimi ma’lumotlariga ko‘ra 2016/2017 o‘quv yili bitiruvchilarining 332,8 ming nafarining bandligi ta’minlandi.
2018 yilda og‘ir turmush sharoitida yashayotgan ayollar, ayniqsa yosh xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturga muvofiq 9936 nafar xotin-qizlar bandligini ta’minlash choralarini ko‘rish rejalashtirilgan.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasiga 2017 yil uchun 84 mlrd. so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2018 yil uchun ushbu yo‘nalishda ishlarni yanada rivojlantirish va aholi daromadlarining o‘sishiga hissa qo‘shish maqsadida 714 mlrd. so‘m ajratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 yilda Aholi bandligiga ko‘maklashish davlat dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi PQ-3506-son Qarori tasdiqlandi. Qaror o‘z maqsadi bilan aholi, ayniqsa yoshlar, kam ta’minlangan oila a’zolarining bandligini ta’minlash, yangi sanoat korxonalar qurilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirish hisobiga yangi doimiy ish o‘rinlarini tashkil etish va shu asosda aholi turmush farovonligi va sifatini oshirishga qaratilgan.


Mazkur qarorga binoan 2018 yilda respublika hududlarida 346,7 mingdan ortiq ish o‘rinlari tuman (shahar)lar kesimida tashkil etilishi belgilab berildi. Xaq to‘lanadigan jamoat ishlari, vaqtinchalik va bir martalik ishlar, kasb-hunarga qayta tayyorlash va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali tashkillashtirilgan tarzda chet elda ishga joylashtirish hisobiga 295,9 mingdan ko‘proq fuqaroni bandligini ta’minlash nazarda tutilgan.
Matbuot anjumanining eng dolzarb masalalaridan biri mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i R.R.Ibragimov batafsil axborot berib o‘tdi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan 2017 yil davomida bir qator samarali ishlar amalga oshirildi. O‘tgan 2017 yilda 2613 nafar fuqaro Koreya Respublikasiga yuborildi, 2710 nafar nomzod esa koreys tilidan test sinovidan o‘tgan va ular nomiga ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomasi yo‘llangan.
Rossiyaning 24 ta korxona va tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarga asosan tanlovlardan o‘tgan 922 nafar fuqaro mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Rossiya Federatsiyasiga yuborildi.O‘zbekiston fuqarolarining 17 nafari Yaponiyaga tashkillashtirilgan tartibda yuborilib, mehnat faoliyatini amalga oshirmoqdalar.


Rossiya, Koreya, Yaponiya, Polsha bilan hamkorlikni kuchaytirish, Qozog‘iston, Germaniya, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon Sultonligi bilan 2018 yilda hamkorlik o‘rnatish ko‘zda tutilgan.
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi 2018 yilda Koreya va Rossiya davlatlarida vakolatxonalarini ochish rejalashtirilgan. Samarqandda 2017 yilda Rossiyaga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarni moslashtirish va o‘qitish markazi ochildi, 2018 yilda xuddi shunday markazni Farg‘ona shahrida ochish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.



Shuningdek, Davlat mehnat huquq inspeksiyasi boshlig‘i S.S.Sulaymanov tizimdagi olib borilayotgan mehnat huquqi va mehnat muhofazasi bo‘yicha ma’lumt berib, “Elektron mehnat huquq inspektori” interaktiv xizmati bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.
S.Sulaymanov o‘z ma’lumotida fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlari va mehnat muhofazasi bo‘yicha 2017 yil davomida Davlat mehnat huquq inspektorlari va Davlat mehnat texnik inspektorlari va mehnat sharoitlari ekspertlari tomonidan 12 mingdan ziyod tashkilotlarda o‘tkazilgan tekshirishlar yuzasidan axborot berdi.
Inspektorlar tomonidan mehant qonunchiligi sohasida aniqlangan holatlar bo‘yicha ish beruvchilarga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berilgan hamda qo‘pol kamchilik va xatoliklarga yo‘l quygan mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llanilganligiga to‘xtalib o‘tdi.


Joylardagi Davlat mehnat huquq inspektorlari tomonidan 2017 yil davomida Bandllik munosabatlariga oid va «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi qonunlari yuzasidan jami 2595 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan, jumladan televideniye va radio, matbuot, gazeta, jurnallar orqali chiqishlar, seminarlar va davra suhbatlari, ochiq eshiklar.
Davlat mehnat huquq inspeksiyasi boshlig‘i o‘z taqdimotida “Elektron mehnat huquq inspektori” interaktiv xizmati dasturining afzalliklari va qulayliklari haqida anjuman ishtirokchilari va jurnalistlarga batafsil yoritib berdi.
Matbuot anjumanida televideniye va radio, OAV, ijtimoiy tarmoq vakillari va jurnalistlarga mehnat bilan band bo‘lmagan aholi, xususan, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan tizimli chora-tadbirlar xususida so‘z yuritilib, jurnalistlarning qiziqtirgan savollari va mulohazalari yuzasidan atroflicha va batafsil javob berildi va takliflari yuzasidan fiklar almashib olindi.



Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot xizmati