Navoiy viloyati Bandlik Bosh boshqarmasi Mehnatni muxofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi Davlat inspektsiyasi xodimlari tomonidan Mehnat qonunchiligi va mehnatni muxofaza qilish yuzasidan qurilish tashkilotlarida muntazam ravishda sayyor yig'ilish (seminar) lar o'tkazilmoqda. Xuddi shunday sayyor yig'ilishlardan biri 2018 yil 22 fevral kuni Navoiy shahrida ko'p qavatli uylar qurayotgan "Hamro orasta" xususiy korxonasi ishchilari bilan qurilish maydonida o'tkazildi.

Sayyor yig'ilish davomida ishchi xodimlarning mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi tushuntirib berildi, undan tashqari qurilish ishlarini bajarishda xavfli ishlar ya'ni balandlikda bajariladigan ishlarda, texnika xavfsizligi qoidalarini to'liq bajarilishi, shaxsiy himoya vositalarini to'g'ri qo'llanishi, asbob uskunalarni faqat sozligiga ishonch hosil qilganda ish olib borish tartiblari tushuntirildi. Ushbu talablarni to'liq bajarilishi ish joyida sodir bo'lishi mo'mkin bo'lgan baxtsiz hodisalarni oldi olinishini takidlab o'tildi.

Qurilish tashkiloti ma'muriyatiga ham ishchilarni ishga olishdagi mehnat qonunchiligi me'yoriy hujjatlarida belgilab berilgan talablarni bajarishlarida amaliy yordamlar berildi.

Tashkilotdagi bo'sh ish o'rinlariga ishchilarni jalb etishda hamkorlikda ishlarni tashkil etish borasida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining "ish.mehnat.uz" saytidan unumli foydalanishlari mo'mkinligi ham ta'kidlab o'tildi. Ular tomonidan berilgan soxaviy savollarga tuliqligicha javob berildi.

 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot xizmati