Qo'shko'pir tumani hokimligi, proquraturasi, yoshlar ittifoqi tuman bo'limi hamda Bandlikka ko'maklashish markazi tomonidan 2017 yilning 28 noyabr kuni Qo'shko'pir tuman Hokimlik binosida “ Bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi” o'tkazildi.

Yarmarkada 61 ta korhona, tashkilot va muassasalar o'zlarida mavjud bo'lgan 122 ta bo'sh (vakant) ish o'rinlari bilan ishtirok etildi. Yarmarkada 122 nafar band bo'lmagan axolini taklif qilib, ularning 12 nafariga (7 nafar yoshlar, 4 nafar kasb-hunar kolleji bitiruvchilari, 4 nafar ayollar va 2 nafar chet eldan qaytganlar) ishga joylashish uchun yullanmalar berildi.

Yarmarka davomida tuman Bandlikka ko'maklashish markazi xodimlari tomonidan 110 nafar fuqarolarga ishga joylashish jarayonida ishga qabul qilishni rasmiylashtirish, ish haqi, mehnat ta'tillari, jamg'arib boriladigan pensiya to'lovlari borasida tegishli maslaxatlar berildi.