O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog'iston Respublikasi Kengashi, Qoraqalpog'iston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi bilan birgalikda joriy yilning 28 noyabr kuni Nukus shahridagi Respublika Axborot-resurs markazi bolalar kutubxonasida “Mehnat yarmarkasi” o'tkazildi.

 Mazkur mehnat yarmarkasiga Qoraqalpog'iston Respublikasi “Barkamol avlod” bolalar markazlari jami 93 ta va Qoraqalpog'iston Respublikasi axborot-resurs markazlaridagi 16 ta mavjud vakant joylari bilan ishtirok etdi. Ushbu mehnat yarmarkaga jami 250 nafardan ortiq Oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalari bitiruvchilari, uyushmagan yoshlar va fuqarolar jalb qilinib, ulardan 152 nafari yoshlarni tashkil qiladi.

O'tkazilgan mexnat yarmarka yakuni bo'yicha 75 nafar fuqaro ishga joylashtirilgan bo'lib, ularning hammasini yoshlar ekanini alohida ta'kidlab o'tish joiz.