Samarqand va Kattaqo'rg'on shaharlari, Bulung'ur, Narpay va Pastdarg'om tumanlarida bo'sh turgan va to'liq foydalanilmay yotgan sanoat ob'ektlari negizida 6 ta kichik sanoat zonasi tashkil etilishi mo'ljallangan.

Shuningdek, uning aytishicha, engil sanoatda umumiy qiymati 1 trillion 400 milliard so'm bo'lgan 34 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi va 3 ming 400 dan ortiq ish o'rni yaratiladi.

Yuqori texnologiyalarga asoslangan mashinasozlik, elektrotexnika va farmatsevtika kabi zamonaviy sohalarda umumiy qiymati 715 milliard so'mlik 17 ta loyiha amalga oshiriladi.

Mahalliy xomashyo asosida zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarish bo'yicha umumiy qiymati 407 milliard so'mlik 33 ta loyiha amalga oshiriladi va 1 ming 200 ta yangi ish o'rni yaratiladi.

Shuningdek, kelgusi 2 yilda meva-sabzavot etishtirish va qayta ishlash bo'yicha 519 milliard so'mlik 47 ta loyiha amalga oshiriladi.

Chorvachilikni jadal rivojlantirish maqsadida naslli qoramollarni ko'paytirish bo'yicha esa 47 milliard so'mlik 14 ta loyiha, parrandachilik bo'yicha 186 milliard so'mlik 22 ta loyiha amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida 138 million dollarlik 43 ta yangi loyiha amalga oshiriladi va 2 ming 500 ta yangi ish o'rni yaratiladi.

 Bundan tashqari, yuqorida tilga olingan yirik loyihalardan tashqari, umumiy qiymati 340 milliard so'mlik 1 ming 700 taga yaqin kichik loyihalar ham amalga oshiriladi va 7 mingdan ziyod ish o'rni yaratiladi.