Call-Markaz
On-line Maslahatchi
Bizni topish
Savollar va javoblar
Yangiliklarga obuna
Sayt bo‘yicha qo‘llanma
Yuridik bo'limini funksiya va vazifalari

Quyidagilar yuridik bo‘limning asosiy vazifalarni hisoblanadi:

vazirlikning huquq ijodkorligi va huquqni qo‘llash faoliyatida bevosita qatnashish;
normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan talablarga muvofiq yuritish;
vazirlik xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirishda, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va mohiyatini ularga yetkazishda qatnashish;
vazirlik va uning tizimiga kiradigan bo‘linmalar, ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikni ta’minlashga ko‘maklashish;
vazirlikning shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritishda qatnashish;
sudlarda va boshqa idoralarda vazirlikning mulkiy va boshqa manfaatlarini himoya qilish;
2. Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
huquq ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti va huquqiy madaniyatni oshirish sohasida:
vazirlikning huquq ijodkorligi faoliyatining joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi yoki ularni ishlab chiqilishida amalga oshirilishi va bajarilishini nazorat qilishda qatnashish;
vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi yoxud ishlab chiqishda qatnashish;
vazirlikning idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqadi yoxud ishlab chiqishda hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va davlat ro‘yxatiga olish uchun yuborishda qatnashish;
mustaqil yoki vazirlikning boshqarma va bo‘limlari bilan birgalikda ekspertizadan o‘tkazish va davlat organi bilan kelishish uchun taqdim qilingan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, ularning qonunchilikka va qonunchilik texnikasi talablariga muvofiqligi yuzasidan huquqiy xulosalar tayyorlash;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, ularga viza qo‘yish;
vazirlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda qatnashish;
vazirlikka kelib tushgan va vazirlikning o‘zi tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan talablarga muvofiq yuritish, ularni saqlanishini va nazorat qilinishini ta’minlash;
vazirlikning normativ-huquqiy hujjatlar fondini to‘ldirish, shu jumladan fondni kodekslar, qonunlar, sharhlar, axborotnomalar va boshqa huquqiy nashrlar bilan butlash choralarini ko‘rish, vazirlik rahbariyatiga huquqiy nashrlarga obuna bo‘lish haqida takliflar kiritish;
vazirlik raxbariyatiga taqdim qilinadigan buyruqlar, va huquqiy tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazadi hamda ular bo‘yicha e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, viza qo‘yadi;

vazirlikning boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda davlat organi, uning tizimiga kiradigan bo‘linmalar va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikning buzilishi ko‘rsatilgan arizalar, shikoyatlar va boshqa murojaatlarni ko‘rib chiqadi;
3. shartnomaviy-huquqiy, talabnoma-da’vo ishlari va huquqiy himoya qilish sohasida:
boshqa bo‘linmalar bilan birgalikda davlat organi tomonidan shartnomalar tayyorlanishi va tuzish ishlarida qatnashadi, ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi hamda shartnomalar loyihalariga, agar e’tiroz va takliflari bo‘lmasa, viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan vazirlikning boshqa vakolatli tarkibiy bo‘linmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi;
qonunchilikda belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ikki yuz baravaridan ortiq summadagi shartnomalarning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan yozma xulosalarni tayyorlaydi va imzolaydi;
vazirlikning manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha talabnomalar tayyorlashda va davlat organiga nisbatan bildirilgan talabnomalarni ko‘rib chiqishda qatnashadi, vazirlikda talabnomalar bildirish va ularni ko‘rib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan da’vo ishlarini olib boradi;
vazirlikning mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlashda hamda belgilangan tartibda sud majlislarida qatnashadi.
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.