Call-Markaz
On-line Maslahatchi
Bizni topish
Savollar va javoblar
Yangiliklarga obuna
Sayt bo‘yicha qo‘llanma
Ishlar boshqarmasi funksiya va vazifalari

Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, vazirlikning buyruqlari bayonnomalari, topshiriqlari, Hay’at qarorlarini boshqarmaga taaluqli qismi bo‘yicha bajarilishini o‘rganadi.

Vazirlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari, vazirlik tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi" 2014 yil 3 dekabrdagi O‘RQ-378-son Qonuni talablari asosida ish yuritish jarayoni ustidan nazorat olib boradi.

Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 12-son qaroriga muvofiq hujjatlar va topshiriqlarning o‘z vaqtida ijro etilishi bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi. Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 9 martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, kompaniyalari va boshqa markaziy muassalari markaziy apparatlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha na’munaviy yo‘riqnoma" talablari asosida ish yuritishni tashkillashtiradi.

Murojaat va topshiriqlarning avtomatlashtirilgan nazoratga qo‘yilishini, ularning bajarilishini kuzatib borishni, ogohlantiruvchi nazoratni, ijro intizomini yakunlashni ta’minlovchi elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi yagona tizimining ma’lumotlar bazasini yuritilishini nazorat qiladi. Elektron pochta orqali yagona portaldan kelgan murojaatlarni ijrosini ta’minlash bo‘yicha nazorat qiladi.

Vazirlik moddiy texnika bazasi ta’minoti bo‘yicha boshqa tashkilotlar bilan shartnomalar tuzilishi, shartnoma bilan bog‘liq hujjatlar tayyorlanishini hamda ularni ijro etilishini o‘rnatilgan tartibda ta’minlaydi.
Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish Davlat inspeksiyasi hamda “O‘zbekenergo” DAK bilan birgalikda neft mahsulotlari, tabiiy gaz, elektr, issiqlik energiyasi sarflanishini nazorat qiladi.

Issiqlik, suv o‘tkazish tizimi, kanalizatsiya, gaz, elektr tarmoqlari, telefon aloqa tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlaydi.

Telefon apparatlari, konditsionerlar, elektr yoritgich vositalarini ta’mirlash ishlarini tashkil qiladi
Vazirlik hududidagi chiqindilarni to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi va profilaktika-dezinfeksiya ishlarini tashkil qiladi.

Vazirlikka qarashli transport vositalarini yaxshi texnik holatda saqlashni tashkil qiladi hamda ularni neft mahsulotlari bilan o‘z vaqtida ta’minlaydi.

Avtomobil transportidan to‘g‘ri va samarali foydalanilishini doimiy nazorat qiladi hamda transport vositalarini yillik ko‘rikdan o‘tkazadi.

Jismoniy va yuridik shaxslardan vazirlikka kelib tushgan murojaatlari bo‘yicha chorak, yarim yillik, yillik tahliliy ma’lumotlarni tayyorlaydi, yig‘ilish muhokamasiga kiritadi.