Call-Markaz
On-line Maslahatchi
Bizni topish
Savollar va javoblar
Yangiliklarga obuna
Sayt bo‘yicha qo‘llanma
Bandlikka ko'maklashish jamg'armasi mablag'laridan samarali va maqsadli foydalanish boshqarmasi funksiya va vazifalari

Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarida ishsizlik maqomi olgan va ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatda turgan shaxslarni kasbga tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini mablag‘ bilan ta’minlash;

ishsizlik bo‘yicha nafaqalar va qonun hujjatlariga muvofiq ishsizlarga moddiy yordam berish;

ishsizlarga muddatidan oldin pensiya tayinlanganligi sababli byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi xarajatlarini qoplash;

haq to‘lanadigan jamoat ishlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mablag‘ bilan ta’minlash;

Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari ta’minoti barcha darajalardagi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarini joylashtirish uchun binolar qurish va ularni rekonstruksiya qilish, ularni moddiy-texnikaviy ta’minlash, kompyuterlar, nusxa ko‘chirish va boshqa zarur texnika bilan jihozlash;

axborot-ma’lumotlar va reklama-noshirlik ishlarini amalga oshirish;

demografiya, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish, mehnatni muhofaza qilish, mehnat munosabatlarini tartibga solish, mehnatni normalash va unga haq to‘lash masalalari bo‘yicha normativ-uslubiy va yo‘riqnoma materiallar ishlab chiqishni mablag‘ bilan ta’minlash;

belgilangan tartibda respublika darajasida va hududiy darajada ijtimoiy kuzatuvlarni tashkil etish va o‘tkazish, ish bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha aholining ayrim guruhlari o‘rtasida anketa so‘rovlari o‘tkazish;

respublika va hududiy mehnat bozori axborot tizimlarini yaratish va ularning dasturiy ta’minotini ishlab chiqish, shu jumladan texnika vositalari sotib olish;

ish bilan band bo‘lmagan aholiga yordam ko‘rsatish, shu jumladan ishga joylashtirishga ko‘maklashish va maslahat xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash;

aholini ish bilan ta’minlashga doir muammolar bo‘yicha xalqaro hamkorlikni mablag‘ bilan ta’minlash;

ishchi kuchi eksport qilish masalalari bo‘yicha xalqaro loyiha va shartnomalarni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasining chet ellarga ishga yuborilgan fuqarolarini ishga joylashtirishni tashkil etish, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash;