Call-Markaz
On-line Maslahatchi
Bizni topish
Savollar va javoblar
Yangiliklarga obuna
Sayt bo‘yicha qo‘llanma
Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi funksiya va vazifalari

Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari:

mehnat sharoitlari xavfsizligini ta’minlashda mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;

mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga oid takliflarni va barcha tashkilotlar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi yagona talablarni ishlab chiqish;

xodimlarni xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashda profilaktika ishlarini amalga oshirish hamda ko‘maklashish va ularni mehnat muhofazasi masalalari bo‘yicha huquqiy himoya qilish;

mehnatni muhofaza qilishning ahvolini, ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalliklari sabablarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish yo‘llarini ishlab chiqish, shuningdek Vazirlar Mahkamasiga Vazirlikning ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlarda amalga oshirayotgan ishlari to‘g‘risidagi muntazam axborotini tayyorlash;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlarni va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqish;

mehnat sharoitlari bo‘yicha ish o‘rinlarini sifatli attestatsiyadan o‘tkazish yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish.

Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Mehnat sharoitlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:

ish beruvchilar tomonidan mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan tekshiruvni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi;

xodimlarning yakka tartibda va jamoaviy himoya qilish vositalari hamda ishlab chiqarish muhitini nazorat qilish priborlari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi;

mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish va aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘radi.

Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga oid takliflarni va barcha tashkilotlar uchun mehnatni muhofaza qilishdagi yagona talablarni ishlab chiqish sohasida:

mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini tekshirish materiallarini tahlil qiladi va umumlashtiradi;

mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirishga oid takliflar tayyorlaydi;

mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha maqsadli va tarmoq dasturlarini ishlab chiqadi.

Xodimlarning xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashda ko‘maklashish va ularni mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha huquqiy himoya qilish sohasida:

ish beruvchilar tomonidan xodimlarning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha to‘lovlarning amalga oshirilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qiladi;

manfaatdor organlar bilan o‘zaro hamkorlikda tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarning mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiqligi yuzasidan sertifikatlashtiradi;

mutaxassislarni jalb etgan holda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar o‘tkazadi;

ommaviy axborot vositalarida mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha axborot-tushuntirish ishlarini amalga oshiradi.

Ishlab chiqarishdagi jarohatlanish holati va ularning sabablarini tahlil qilish sohasida:

ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalliklari sabablarini tahlil qiladi va ularni bartaraf etish yo‘llarini ishlab chiqadi;

ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiradi;

ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar sabablarini tahlil qiladi va ularning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.

Manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlar va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqish sohasida:

mehnatni muhofaza qilishga doir amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni doimiy ravishda tahlil qiladi va zarur hollarda ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar kiritadi;

belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjatlar va mehnatni muhofaza qilish hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda, kelishish va tasdiqlashda qatnashadi.

Mehnat sharoitlari bo‘yicha ish o‘rinlarini sifatli attestatsiya qilish yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:

mehnat sharoitlari bo‘yicha ekspertiza amalga oshirilishini nazorat qiladi va uning natijalari bo‘yicha xulosa beradi;

mehnat sharoitlari va uskunalarning shikastlash xavfliligi bo‘yicha ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazadigan yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish, shuningdek ularning mutaxassislarini mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘qitadi va attestatsiyadan o‘tkazadi.