Call-Markaz
On-line Maslahatchi
Bizni topish
Savollar va javoblar
Yangiliklarga obuna
Sayt bo‘yicha qo‘llanma
Bandlikni taxlil qilish va mehnat bozorini tartibga solish boshqarmasi funksiya va vazifalari

Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari xisoblanadi:

Mexnat bozorini shakllantirishni amalga oshirish, demografik omillarni, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini e’tiborga olgan xolda bandlikning yangi shakllarini keng tadbiq etish xisobiga axoli bandligining o‘sishini ta’minlash;
demografik o‘zgarishlar va kadrlarning kasbiy tayyorgarligi bilan bog‘liq o‘zgarib borayotgan talablarni xisobga olgan xolda mexnat, ish bilan bandlik va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash soxasida takliflar kiritish;
ish bilan band bo‘lmagan axoliga ishga joylashtirish va kasbiy qayta tayyorlash bo‘yicha sifatli xizmatlar ko‘rsatish;
bandlik va mexnat bozori soxasidagi qonun qujjatlari ustidan nazoratni amalga oshirish, mexnat munosabatlari mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
Boshqarma o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qumitasi bilan birgalikda respublika va xududlarning demografik rivojlanish prognozlarini amalga oshiradi, mexnat resurslarining balanslarini, aholini ish bilan samarali ta’minlash chora-tadbirlari kompleksini ishlab chiqadi;
axolining ish bilan bandlik darajasi va tarkibini baholash, ishga joylashtirishga muxtoj shaxslarni aniqlash maqsadida mexnat bozorining monitoringini olib boradi;
xududlarning mexnat resurslari soni va tarkibini o‘rganadi xamda uni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqadi;
ishsizlarni xisobga olishni tashkil qiladi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarining ish bilan ta’minlashini tadqiq etadi xamda ular natijalari asosida ishchi kadrlar va o‘quv yurtlarida mutaxassislarning kasb tayyorgarligi yo‘nalishlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
axolini ish bilan ta’minlash, yoshlarni, ishdan bo‘shatilgan xodimlarni, amnistiya munosabati bilan jazodan ozod etilganlarni, muddatli xarbiy xizmatni o‘tab kelgan shaxslarni va axolining boshqa toifalarini ishga joylashtirish;
bo‘sh ish joylari bo‘yicha axborotlarning shakllantirilishini va tahlil etilishini tashkil etadi;
shaxsiy yordamchi va dexqon xo‘jaliklarida qoramol o‘stirish bilan band bo‘lgan shaxslar xisobini amalga oshiradi;
yoshlarning va ish bilan band bo‘lmagan aholining kasb-hunarga xohishini va mehnat yo‘nalishlarini aniqlash uchun sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazilishini tashkil etadi;
ish bilan ta’minlash va ish o‘rinlari tashkil etish hududiy dasturlarini ishlab chiqishda hokimliklarga uslubiy va amaliy yordam qo‘rsatadi;
aholining o‘zini o‘zi ish bilan ta’minlashini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va tashkilotlarga karxonalar hamda fuqarolar o‘rtasida kooperatsiyalash asosida kasanachilikni kengaytirish masalalarida ko‘maklashadi, xizmat ko‘rsatish va servis sohasida ish o‘rinlarini yaratishda yordam beradi;
mehnat bozori infratuzilmasi, Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari, turg‘un punktlar faoliyatini takomillashtirilishini ta’minlaydi;
ishsizlar uchun haq to‘lanadigan jamoat ishlari tashkil etilishini ta’minlaydi;
ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitishni, ularni qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga eng kam ish o‘rinlarining ajratilishi va ularning ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar bilan butlanishi masalalarini o‘rganadi va tahlil etadi;
nogironlar uchun ish o‘rinlari tashkil etishda va ularni ishga joylashtirishda nogironlarning nodavlat va boshqa tashkilotlariga yordam beradi;
nogironlarning mehnatidan foydalanish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalarni tashkil etish va rivojlantirishga, mehnatning kasanachilik, hunarmkandchilik, oilaviy tadbirkorlik turlarini va ish bilan ta’minlashning boshqa shakllarini rivojlantirishga ko‘maklashadi.