Call-Markaz
On-line Maslahatchi
Bizni topish
Savollar va javoblar
Yangiliklarga obuna
Sayt bo‘yicha qo‘llanma
Davlat mehnat huquq inspeksiyasi

Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;

mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatga oid munosabatlar sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish;

mehnat, aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining bir xilda qo‘llanishini ta’minlash hamda mehnatga oid munosabatlarni, mehnat va aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;

qonun hujjatlarida taqiqlangan majburiy mehnatni hamda mehnatga oid munosabatlar sohasidagi kamsitishlarning oldini olish va ularga yo‘l qo‘ymaslik;

mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qo‘llanishi bo‘yicha axborot-tushuntirish va huquqiy tarbiya ishlarini amalga oshirish.

Inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiqquyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:

tashkilotlar tomonidan mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

mehnat to‘g‘risidagi kelishuvlar va lokal hujjatlarning, ish beruvchilarning mehnatga oid munosabatlar masalalari bo‘yicha buyruqlarining mehnatga doir qonun hujjatlariga muvofiqligini tahlil qiladi;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi.

Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatga oid munosabatlar sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish sohasida:

mehnatga oid munosabatlar sub’ektlarining, shu jumladan kasanachilik sharoitlarida mehnat faoliyatini amalga oshiradigan xodimlarning hamda shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer ho‘jaliklarida qoramol boqishayotgan shaxslarning mehnat huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi;

aniqlangan mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishini, ularning kelib chiqish sabablari va imkon yaratgan shart-sharoitlarni bartaraf etish uchun huquqiy ta’sir choralarini ko‘radi;

kasaba uyushmalariga va xodimlarning boshqa vakillik organlariga mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida ularga berilgan huquqlarni amalga oshirishda yordam beradi, shuningdek ish beruvchilarning ularga rioya etishlarini nazorat qiladi;

mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi yuzasidan tashkilotlar va fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi.

Mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining bir xilda qo‘llanishini ta’minlash va mehnatga oid munosabatlarni, mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish sohasida:

o‘tkazilgan mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish holatini o‘rganish va tekshirish yakunlari bo‘yicha tegishli axborot tayyorlaydi hamda belgilangan tartibda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziriga taqdim etadi;

mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

huquqni qo‘llash amaliyotidagi muammoli jihatlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyor
lash maqsadida mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalarini hamda mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish holati bo‘yicha tekshiruvlar materiallarini tahlil qiladi va umumlashtiradi;

mehnatga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solish masalalari bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganadi va tahlil qiladi hamda ularni O‘zbekiston Respublikasida qo‘llashning maqsadga muvofiqligi yuzasidan takliflar tayyorlaydi.

Qonunda taqiqlangan majburiy mehnat va mehnatga oid munosabatlar sohasidagi kamsitishlarning oldini olish va ularga yo‘l qo‘ymaslik sohasida:

ayrim toifadagi xodimlar (ayollar, voyaga yetmaganlar, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari, nogironlar, Harbiy Kuchlar saflaridan bo‘shatilganlar va boshqalar) uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnat huquqlari va kafolatlariga rioya etilishini nazorat qiladi;

majburiy mehnatdan foydalanish va kamsitishning aniqlangan har bir holati bo‘yicha huquqiy ta’sir choralarini ko‘radi va qonun hujjatlarining buzilishi holatlari to‘g‘risida tegishli davlat hokimiyati organlarini xabardor qiladi.

Mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qo‘llanishi bo‘yicha axborot-tushuntirish va huquqiy tarbiya ishlarini amalga oshirish sohasida:
tashkilotlar mutaxassislari va aholi uchun seminarlar, treninglar va davra suhbatlari o‘tkazadi;

ommaviy-axborot vositalarida va aholi o‘rtasida mehnat huquqi munosabatlari hamda mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qo‘llanishi masalalari bo‘yicha axborot-tushuntirish ishlarini amalga oshiradi.