Call-Markaz
On-line Maslahatchi
Bizni topish
Savollar va javoblar
Yangiliklarga obuna
Sayt bo‘yicha qo‘llanma
Mehnatga oid munosabatlarning sub’ektlari, xodimlar va ish beruvchilarning vakilligi

Har bir xodimga, u qayerda ishlamasin va qanday vazifani bajarmasin unga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan mehnatga oid huquqlar va kafolatlar ta’minlanadi.

Xech qaysi ish beruvchi xodimning mehnatga oid huquq va kafolatlarini ta’minlashni qonunchilikda belgilangan me’yordan ko‘ra pasaytirishga haqli emas.

Shu bilan birga, korxonaning jamoa-shartnomaviy va boshqa lokal hujjatlarida, shuningdek, mehnat shartnomasida xodimlarga qo‘shimcha huquq va kafolatlar (masalan, qo‘shimcha ta’tillar berish, qisqartirilgan ish vaqtini joriy qilish) nazarda tutilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Mehnat kodeksining 16-moddasiga muvofiq xodimlarning asosiy huquqlariga, ya’ni sizning huquqlaringizga quyidagilar kiradi:

  • mehnat qilish, erkin ish tanlash, haqqoniy mehnat shartlari asosida ishlash va qonunda belgilangan tartibda ishsizlikdan himoyalanish;
  • o‘z mehnati uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqidan oz bo‘lmagan miqdorda haq olish;
  • muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‘rnatish, bir qator kasblar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, shuningdek, haq to‘lanadigan yillik ta’tillar berish orqali ta’minlanadigan dam olish;
  • xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish;
  • kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
  • ish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash;
  • kasaba uyushmalariga hamda xodim va mehnat jamoalarining manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish;
  • qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish;
  • o‘zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali himoya qilish va malakali yuridik yordam olish;
  • jamoalarga doir mehnat nizolarida o‘z manfaatlarini quvvatlash;

Agar jamoa shartnomasida o‘zgacha holatlar aks ettirilmagan bo‘lsa, dam olishga mehnat jamoasi a’zolari taklif qilinganliklari haqida so‘z yuritilganda korxonada mehnat shartnomasi asosida mehnat qilayotgan va kasaba uyushmasi mablag‘i hisobidan bo‘lganligi uchun unga a’zolik badali to‘lagan xodimlar nazarda tutilgan. Mehnat kodeksining 19-moddasiga ko‘ra bir martalik xizmat ko‘rsatadigan yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar bo‘yicha bir martalik ishlarni bajaradigan jismoniy shaxslar mehnat jamoasining a’zolari hisoblanmaydilar. Afsuski, Siz mehnat jamoasining a’zosi hisoblanmaysiz, chunki siz tarjimalarni xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma asosida amalga oshirasiz va sizning ishingiz bir marttalik hisoblanadi. Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatari, ichki mehnat tartib qoidaari va jamoa shartnomasida ko‘zda tutilgan kafolatli to‘lovlar va boshqa imtiyozlar sizga tatbiq etilmaydi.

Sizning huquq va manfaatlaringizni korxonangizning vakillik organi himoya qilishi mumkin.
Mehnat kodeksining 21-moddasiga muvofiq, mehnatga oid munosabatlarda xodimlarning manfaatlarini ifoda etishda vakil bo‘lish va bu manfaatlarni himoya qilishni korxonadagi kasaba uyushmalari va ularning saylab qo‘yiladigan organlari yoki xodimlar tomonidan saylanadigan boshqa organlar amalga oshirishi mumkin, bu organlarni saylash tartibini, ularning vakolatlari muddati va miqdor tarkibini mehnat jamoasining yig‘ilishi (konferensiyasi) belgilaydi.
Xodimlar vakillik qilishni hamda o‘z manfaatlarini himoya etishni ishonib topshiradigan organni o‘zlari belgilaydilar.
Xodimlarning vakillik organlari asosan kasaba uyushmalari hisoblanadi.
Kasaba uyushmalari va ularning ulardagi saylab qo‘yiladigan organlarning davlat va xo‘jalik organlari, ish beruvchilar bilan o‘zaro munosabatlaridagi huquqlari Mehnat kodeksining 3-bobi, “Kasaba uyushmalari, ularning huquq va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun, kasaba uyushmalarining ustavlari, jamoa kelishuvi va shartnomalari bilan belgilanadi.
Xodimlar vakillik organlarining huquqlari keng bo‘lib, ularga quyidagilarga kiradi:

  • muzokaralar olib borish, jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzish, ularning bajarilishini tekshirib turish, ish beruvchiga korxonada mehnat to‘g‘risida normativ hujjatlar tayyorlash yuzasidan takliflar kiritish;
  • korxonani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir masalalarni ko‘rib chiqishda qatnashish;
  • mehnat nizolarini ko‘ruvchi organlarda xodimlar manfaatini himoya qilish;
  • ish beruvchi hamda u vakil qilgan shaxslarning qarorlari mehnat to‘g‘risidagi qonunlar yoki boshqa normativ hujjatlarga zid bo‘lsa yoxud xodimlarning huquqlarini boshqacha tarzda buzayotgan bo‘lsa, bu qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish.

Vakillik organlari ijtimoiy-mehnat munosabatlarida xodimlar manfaatlarini himoya etishga qaratilgan boshqa xatti-harakatlar ham, basharti bu xatti-harakatlar qonun hujjatlariga zid bo‘lmasa, qilishlari mumkin.

Ha, siz bunday tashabbus bilan chiqishingiz mumkin. Mehnat kodeksining 23-moddasi birinchi qismiga ko‘ra, xodimlarning vakillik organlari muzokaralar olib borish, jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzish, ularning bajarilishini tekshirib turish, ish beruvchiga korxonada mehnat to‘g‘risida normativ hujjatlar tayyorlash yuzasidan takliflar kiritishga haqlidir.

Mehnat kodeksining 177-moddasi birinchi qismiga ko‘ra, ish beruvchi Mehnat kodeksiga muvofiq jamoa shartnomalarni tuzishi shart.

Direktorning harakatlari noto‘g‘ri. Mehnat kodeksining 26-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra, xodimlar vakillik organlarining faoliyatini ish beruvchi yoki u vakil qilgan shaxslar tashabbusi bilan tugatishga yo‘l qo‘yilmaydi.