Call-Markaz
On-line Maslahatchi
Bizni topish
Savollar va javoblar
Yangiliklarga obuna
Sayt bo‘yicha qo‘llanma
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan vakolat doirasida ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha dolzarb savollar va ularga javoblar

Koreya Respublikasida ishlash istagini bildirgan fuqarolar (yoshi 18-39 gacha sog‘lom, sudlanmagan, koreys tilini biluvchi, avval Koreyada nolegal yurmagan va majburan Koreya davlatidan chiqarib yuborilmagan, chet elga chiqishi ta’qiqlanmagan) Koreya Respublikasining “Bandlikka ruxsat berish tizimi” bo‘yicha koreys tilidan test sinovlarida qatnashishlari talab etiladi.

Test sinovlarida qatnashishdan oldin ommaviy axborot vositalarida e’lon berilib, test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatga olish jarayoni amalga oshiriladi. Ro‘yxatga olingan fuqarolarga testga kirish uchun ruxsatnoma beriladi. Ro‘yxatga olish jarayonida fuqarolar 2 dona pasport nusxasi va 3,5-4,5 hajmdagi 2 dona fotosurat taqdim etishlari kerak bo‘ladi. Ro‘yxatga olish uchun to‘lov miqdori Koreya tomonidan belgilanadi (taxminan 20-30 $ tashkil etadi).

Koreys tili bo‘yicha test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan ma’lumotlar bazasiga kiritiladi va ikki yil davomida bazada saqlanadi.

Koreys ish beruvchisi tomonidan mazkur ma’lumotlar bazasi orqali ish beruvchi tomonidan ishga jalb etish uchun tanlab olingan har bir nomzodga alohida mehnat shartnomasi (shartnomada fuqaroning Koreya Respublikasining qaysi hududida mehnat qilishi, ishga yollayotgan firma yoki kompaniyaning faoliyat turi, oylik ish haqi va boshqa shu kabi ma’lumotlar mavjud) Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligiga elektron shaklda yuboriladi.

Shuni aloxida ta’kidlab o‘tish joizki, ma’lumotlar bazasiga kiritilgan nomzodni koreys ish beruvchisi tomonidan tanlab olish jarayonida Agentlik ishtirok etmaydi. Xorijiy ishchi kuchini ishlashga tanlab olish va Koreyaga jalb etish faqat koreys ish beruvchisi tomonidan amalga oshiriladi. Shu sababli, test sinovlaridan muvffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni Koreyaga ishga yuborish to‘liq kafolatlanmagan. Bu haqda ommaviy axborot vositalari orqali chop etilgan va Agentlikning rasmiy veb sayti (www.migration.uz) orqali berilgan e’lonlarda hamda ro‘yxatga olish jarayonida berilgan testga kirish uchun ruxsatnomada ham ko‘rsatib o‘tiladi.

Shu o‘rinda koreys ish beruvchisidan olingan mehnat shartnomasi asosida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan nomzodning yashash manziliga tezkor telegramma yuborilib, fuqarolarni Agentlikka chaqirtirilib hamda shartnoma bilan tanishishtiriladi.

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi o‘z navbatida mehnat shartnomasini imzolagan fuqarolar bo‘yicha Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmatiga xabar yuboradi. Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati shartnoma imzolagan fuqarolar ro‘yxatini Koreya Adliya vazirligining Immigratsiya xizmatiga taqdim etadi. Shu asosda Koreyaning vakolatli idorasi tomonidan nomzodlarga Koreyaga kirish huquqini beruvchi viza sertifikati rasmiylashtiriladi.

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari chet elga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilgan bo‘lsa, chet elda ishlagan ish davri haqidagi yozuvlar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2010 yil 27 maydagi 402-4-son bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish xaqida”gi buyrug‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga belgalangan sug‘urta badallarini to‘lagan taqdirda, mehnat daftarchasiga tegishli yozuv kiritiladi.O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrdagi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 36-moddasi(36-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 5 yanvardagi O‘RQ-318-sonli Qonuni taxririda-O‘R QXT, 2012y., 1-son, 4-modda)da “Chet elda ishlangan davr uchun ish haqini hisoblab chiqarish, chet elda ishlagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallarining miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi” deb belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlariga muvofiq xukumatlararo, idoralararo shartnomalar va bitimlar asosida faqat Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi mintaqaviy byurolarning ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga chiqish xuquqiga egadirlar. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari xususiy mehnat kontraktlari bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga faqat O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo‘yicha chiqish huquqiga egadirlar. O‘zbekiston Respublikasining xususiy mehnat kontraktiga ega bo‘lgan fuqarolari chet ellarda ijtimoiy muhofazalanishni ta’minlash maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligiga quyidagi xujjatlarni ikki nusxada taqdim etishlari lozim.

-ariza;

-xorijiy firmadan (ish beruvchidan) olingan davlat tiliga tarjima qilingan, barcha ijtimoiy kafolatlar va tibbiy sug‘urta ko‘rsatilgan, shuningdek mehnat vizasi (EMPLOYMENT VIZA) bilan ta’minlash borasida ish beruvchining majburiyati nazarda tutilgan holda notarial tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasi tomonidan legalizatsiya qilingan kontrakt nusxasi;

-ish beruvchi to‘g‘risidagi qisqa ma’lumotlar;

-ma’lumotnoma-xolisnoma;

-O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli shakldagi sog‘ligining holati to‘g‘risida ma’lumotnoma.