Call-Markaz
On-line Maslahatchi
Bizni topish
Savollar va javoblar
Yangiliklarga obuna
Sayt bo‘yicha qo‘llanma
Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish boshqarmasi tomonidan vakolat doirasida ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha dolzarb savollar va ularga javoblar

O‘zbekiston Respublikasining "Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risi"dagi Qonuning 29-moddasga muvofiq ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan taqdirda, ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga oldingi ish joyidagi o‘rtacha ish haqining ellik foizi miqdorida, ammo qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz bo‘lmagan va nafaqani hisoblash paytida O‘zbekiston Respublikasida tarkib topgan o‘rtacha ish haqidan ortiq bo‘lmagan miqdorda ishsizlik nafaqasi to‘lash kafolatlanadi.

O‘zbekiston Respublikasining "Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risi"dagi Qonuning 26-moddasga muvofiq ushbu Qonunning 25-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslardan tashqari ishidan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan, mehnat organlarida ro‘yxatga olingan, qaramog‘ida voyaga yetmagan bolalari va boshqa kishilar bo‘lgan shaxslarga kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malaka oshirish davrida oldingi ish joyidagi o‘rtacha oylik ish haqining kamida yetmish besh foizi (qaramog‘ida bolalari va boshqa kishilar bo‘lmaganlarga esa — ellik foizi) miqdorida, biroq qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan oz bo‘lmagan va O‘zbekiston Respublikasida tarkib topgan o‘rtacha ish haqidan ortiq bo‘lmagan miqdorda stipendiya to‘lanadi.

Uzoq vaqt (bir yildan ko‘proq) ishlamayotgan, birinchi marta ish qidirayotgan hamda kasbga tayyorlashga va qayta tayyorlashga, malaka oshirishga muhtoj shaxslarga aholining shu toifasi uchun nazarda tutilgan ishsizlik nafaqasidan oz bo‘lmagan va qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan ortiq bo‘lmagan miqdorda stipendiya tayinlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 19 iyuldagi 353-son "Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorining 23-bandiga muvofiq haq to‘lanadigan jamoat ishlarini mablag‘ bilan ta’minlash ish beruvchilar tomonidan o‘z mablag‘lari, shuningdek, mahalliy byudjet va Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Bunda haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq to‘lash xarajatlarining:

  • joylardagi davlat hokimiyati organlariga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bo‘yicha — ellik foizi ish beruvchilar mablag‘lari va ellik foizi mahalliy byudjet va Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga;
  • boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bo‘yicha — yetmish besh foizi ish beruvchilar mablag‘lari va yigirma besh foizi Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 26 iyuldagi 318-son "Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risida"gi qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq kam ta’minlangan oilalardan chiqqan talabalarning o‘qishi uchun ta’lim kreditlari berish uchun har bir tomonning mazkur Nizomdan kelib chiquvchi huquq va majburiyatlari aniq belgilangan holda bank, qarz oluvchi, oliy ta’lim muassasasi va Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi o‘rtasida ko‘p tomonlama kredit shartnomasi tuziladi.
Foizlar qarz oluvchi tomonidan kredit shartnomasida qayd etilgan shartlarda to‘lanadi. Kam ta’minlangan oilalardan chiqqan talabalarning o‘qishiga ta’lim kreditlari uchun foizlar qarz oluvchi va Jamg‘arma tomonidan har oyda, hisoblangan foizlar summasining 1/2 qismi bo‘yicha teng ulushlarda to‘lanadi.
Jamg‘arma hisoblangan foizlar summasini to‘lov topshiriqnomasi bilan bank bildirishnomasi olingandan keyin uch ish kuni mobaynida o‘tkazadi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 29 yanvarda 402-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan "MEHNAT DAFTARChALARINI YuRITISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA YO‘RIQNOMA"ning 1.3-bandiga muvofiq har bir korxona o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib, lekin shtat jadvalida nazarda tutilgan xodimlar sonidan oshmagan holda, mehnat daftarchalari sotib olish huquqiga ega. 
Mehnat daftarchalari va mehnat daftarchalariga qo‘shimcha varaqlar korxonalar tomonidan mahalliy mehnat organlaridan oldi-sotdi shartnomasi asosida sotib olinadi. Mehnat daftarchalarini boshqacha tartibda sotish, shuningdek, fuqarolar tomonidan mehnat daftarchalarini sotib olish taqiqlanadi.