Call-Markaz
On-line Maslahatchi
Bizni topish
Savollar va javoblar
Yangiliklarga obuna
Sayt bo‘yicha qo‘llanma
Ishga joylashtirish

Ha, mumkin. Mehnat kodeksining 60-moddasiga ko‘ra, o‘n olti yoshdan boshlab to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha bo‘lgan yoshdagi:

  • ishga vaish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo‘lmagan;
  • ish qidiruvchi shaxs sifatida mahalliy mehnat organida ro‘yxatga olingan;

mehnat qilishga, kasbga tayyorlash yoki qayta tayyorlashdan o‘tishga, malakasini oshirishga tayyor mehnatga qobiliyatli shaxs, ishsiz deb e’tirof etiladi.

Rasman ishsiz deb e’tirof etilish vaishsizlik nafaqasini olishingiz uchun siz mahalliy mehnat organiga murojaat qilishingiz zarur.

«Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi Qonuning 16-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi mahalliy organi — Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari fuqarolarga ishsizlik nafaqasini belgilangan tartibda tayinlaydi.

Mehnat organlarida fuqarolarni ro‘yxatga olish, ularni ishga joylashtirish, ishsizlik nafaqasini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning (Adliya vazirligi tomonidan 1999 yil 13 oktyabrda 831-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) 53-bandiga ko‘ra, ishsizlik nafaqasi Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining buyrug‘i asosida ishsiz shaxsga mehnat organida ish qidiruvchi shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan kunidan boshlab to‘lanadi.

Albatta. Mehnat kodeksining 65-moddasi 2-chi qismiga ko‘ra, haqiqatdan ham ishsizlik nafaqasi ko‘pi bilan:

  • ishdan vaish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan yoki uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxsga o‘n ikki oylik davr mobaynida yigirma olti kalendar hafta;
  • ilgari ishlamagan vabirinchi marta ish qidirayotgan shaxsga esa o‘n uch kalendar hafta mobaynida to‘lanadi.

Shu bilan birga, ishsizlik nafaqasini to‘lashni Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining yagona vaeng asosiy vazifasi deb bo‘lmaydi. Mehnat kodeksining 64-moddasiga muvofiq, ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarga ishsizlik nafaqasidan tashqari:

  • qaramog‘idagilarni hisobga olgan holda moddiy yordam berish;
  • kasb o‘rganish, malaka oshirish yoki qayta tayyorlash davrida stipendiya to‘lanishi hamda shu davrni mehnat stajiga qo‘shish;
  • haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashish imkoniyati ta’minlanadi.

Biroq, ish qidirayotgan shaxslar uchun Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining eng asosiy vazifasi— bu ularni maqbul keladigan ish tanlash vaishga joylashishga bepul yordam berishni, bepul kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash vamalkasini oshirishga yo‘naltirish hisoblanadi.

Mehnat kodeksining 60-moddasiga ko‘ra, o‘n olti yoshdan boshlab to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha bo‘lgan yoshdagi, ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo‘lmagan, ish qidiruvchi shaxs sifatida mahalliy mehnat organida ro‘yxatga olingan, mehnat qilishga, kasbga tayyorlash yoki qayta tayyorlashdan o‘tishga, malakasini oshirishga tayyor mehnatga qobiliyatli shaxs ishsiz deb e’tirof etiladi.

Siz ikkinchi guruh nogironligi bo‘yicha pensiya olishingiz sababli ishsiz deb hisoblanmaysiz.

Mehnat kodeksining 68-moddasiga ko‘ra, harbiy xizmatga chaqirilgan (o‘tgan) xodim rezervga bo‘shatilgan yoki iste’foga chiqqanidan keyin, basharti, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidan, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qo‘shinlaridan bo‘shatilgan kunidan boshlab uzog‘i bilan uch oy ichida ishga joylashish masalasida ish beruvchiga murojaat etgan bo‘lsa, avvalgi ish joyida ishga joylashish huquqiga egadir.

Harbiy xizmatga chaqirilgan (o‘tgan), lekin keyinchalik rezervga bo‘shatilgan yoki iste’foga chiqqan xodim, agar uning harbiy xizmatga chaqirilgan (o‘tgan) kunidan boshlab uch oydan ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lsa, avvalgi ish joyiga (lavozimiga) qaytib kelish huquqiga ega.

“Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasi muvofiq sizning o‘g‘lingiz:

  • mehnat organlarida ro‘yxatga olingan kundan boshlab o‘n kun ichida taklif etilgan maqbul keladigan ishni ikki marta rad etgan;
  • ro‘yxatga olingan kundan boshlab o‘n kun ichida maqbul keladigan ishni qidirish maqsadida uzrsiz sabablarga ko‘ra mehnat organiga kelmagan bo‘lsa, Bandlikka ko‘maklashish markazi xodimining xatti-harakatlari to‘g‘ri hisoblanadi.

Bunday hollarda Sizning o‘g‘lingiz taklif etilgan ishdan bosh tortgan kundan yoki maqbul keladigan ishni qidirish maqsadida uzrsiz sabablarga ko‘ra mehnat organiga kelmagan kundan boshlab o‘ttiz kalendar kun o‘tganidan keyin ish qidirayotgan sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tishga haqli bo‘ladi.

Mehnat kodeksining 61-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan shaxslar uchun ularning kasb tayyorgarligiga mos bo‘lgan, yoshini, sog‘lig‘i holatini, mehnat stajini va avvalgi mutaxassisligi bo‘yicha tajribasini, yangi ish joyining transportda qatnash jihatidan qulayligini inobatga oluvchi ish maqbul keladigan ish deb hisoblanadi. Agar bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi xodimlari ushbu qoidaga asosan ish tutgan bo‘lsalar, ularning xatti-harakatlari to‘g‘ri.

Ishsizlikning dastlabki davri tugaganidan so‘ng kasbiga (mutaxassisligiga) mos ish topib berish mumkin bo‘lmagan taqdirda, uning qobiliyatini, kuchini, oldingi tajribasini va unga qulay bo‘lgan ta’lim vositalarini hisobga olib, kasbini (mutaxassisligini) o‘zgartirishni talab qiladigan ish maqbul keladigan ish deb hisoblanishi mumkin.

E’tibor qaratish lozimki, Mehnat kodeksining 63-moddasiga ko‘ra agar ish:

  • yashash joyini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lsa;
  • taklif etilgan ish doimiy yashash joyidan ancha uzoq bo‘lsa va transportda qatnash jihatdan qulay bo‘lmasa;
  • taklif qilingan ishda ish haqi shu mutaxassislik va kasb uchun belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lsa;
  • ishni rad etish uzrli sabablar bilan asoslangan bo‘lsa, bunday ish maqbul keladigan ish deb hisoblanishi mumkin emas.

Mehnat kodeksining 67-moddasiga ko‘ra, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga qayta tiklanishi sababli bekor qilingan hollarda ish qidirish davrida ikki oydan ortiq bo‘lmagan davr mobaynida xodimlarning o‘rtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi, bunda xodimga to‘langan bir oylik ishdan bo‘shatish nafaqasi ham qo‘shib hisobga olinadi.
Agar xodimlar mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan boshlab o‘n kalendar kun mobaynida mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tsalar, mahalliy mehnat organi bergan ma’lumotnomaga binoan, uchinchi oy uchun ham oldingi ish joylaridan o‘rtacha ish haqi olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismida ko‘rsatilgan xodimlarga uch oy mobaynida maqbul keladigan ish topib berilmagan taqdirda, ular ishsiz deb e’tirof etiladilar.
Mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin o‘n kun ichida mahalliy mehnat organida ro‘yxatga olingan va kasbi bo‘yicha qayta o‘qitilayotgan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda malakasini oshirayotgan xodimlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va miqdorlarda stipendiya to‘lanadi.
Basharti ish beruvchi nochor (bankrot) deb topilsa, u bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan xodimlar ish haqi va o‘zlariga tegishli boshqa to‘lovlar xususida boshqa barcha kreditorlarning talablariga nisbatan imtiyozli huquqdan foydalanadilar.
Tugatilayotgan korxonalarning mablag‘i bo‘lmagan taqdirda, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan xodimlarga kompensatsiyalar Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.

Mehnat kodeksining 69-moddasiga ko‘ra, davlat organlaridagi saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylanganligi tufayli ishdan ozod qilingan xodimlarga saylab qo‘yiladigan lavozimdagi vakolatlari tugagandan keyin avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud bo‘lmasa, avvalgisiga teng ish (lavozim) beriladi.

Albatta, sizning diplomingiz kuchda. Ishga joylashish masalasida bandlikka ko‘maklashish markazlariga murojaat qilishingiz, shuningdek, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining internet sayti www.mehnat.uz ga kirishingiz mumkin. Ishga joylashgandan keyin siz malakangizni oshirish xamda tegishli yo‘nalish bo‘yicha ta’lim berishning yangi uslublari bilan tanishish maqsadida ta’lim olishingiz mumkin.