Call-Markaz
On-line Maslahatchi
Bizni topish
Savollar va javoblar
Yangiliklarga obuna
Sayt bo‘yicha qo‘llanma
Ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan qo‘shimcha kafolat va imtiyozlar

Ishga qabul qilmaslikning asoslari ko‘rsatilmaganligini hisobga olsak, shunday bo‘lishi ham mumkin. Mehnat kodeksining 224-moddasiga ko‘ra, homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi. Homilador ayolni yoki uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayolni ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda ish beruvchi rad etishning sabablarini ularga yozma ravishda ma’lum qilishi shart.

Ish beruvchi yozma tushuntirishida ishga qabul qilishni rad etishning quyidagi asoslarini aniq ko‘rsatishi lozim:

  • korxonada bo‘sh ish o‘rnining yo‘qligi;
  • ishni bajarishda xodimda maxsus tayyorgarlikning (ma’lumot) yo‘qligi;
  • ushbu mutaxassislik bo‘yicha yuqori malakaga ega xodimning kerakligi.


Ish beruvchi bunday asoslantirilgan tushuntirishni singlingizga 3 kunlik muddatda berishi kerak edi.

Ishga qabul qilishni rad etishning qonuniy asoslari mavjud bo‘lgan taqdirda ham, ish beruvchi tomonidan ushbu asoslarni yozma tushuntish orqali bermaganligi mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi hisoblanadi. Mazkur huquqbuzarlik ish beruvchini Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasida nazarda tutilgan javobgarlikka tortish uchung asos bo‘ladi

Ish beruvchi singlingizni noqonuniy ravishda ishga qabul qilishni rad etganligi uchun singlingiz ushbu holat yuzasidan shikoyat qilishi mumkin. Noqonuniy ravishda ishga qabul qilishni rad bilan bog‘liq nizolar bevosita sudda ko‘riladi (Mehnat kodeksining 269-moddasi birinchi qismi 5-bandi).

Agar, ishni ko‘rish jarayonida noqonuniy asosda ishga qabul qilish rad etilganligi aniqlangan bo‘lsa, sud da’vogar (singlingiz)ni noqonuniy ravishda ishga qabul qilish rad etilgan kundan boshlab ishga qabul qilingan deb hisoblaydi va ish beruvchiga shu sanadan boshlab da’vogar bilan mehnat shartnomasini imzolash majburiyatini yuklaydi. Xodim noqonuniy asosda ishga qabul qilish rad etilgan kundan boshlab to sudning hal qiluv qarori qonunda belgilangan tartibda ijro etilgan kungacha yuzaga kelgan majburiy progul vaqti uchun ish haqi undirishga haqli. Sud qarorining ijrosi kechiktirilgan taqdirda xodimga barcha majburiy progul vaqti uchun ish haqi sud qarori ijro etilgan kunga qadar undirib berilishi kerak. Ishga qabul qilishishda noqonuniy ravishda rad etilgan shaxslarning ish beruvchining noqonuny harakatlari ustidan shikoyat qilish bilan bog‘liq qo‘shmcha harajatlari (mutaxassislardan maslahat olish, ish yuritish uchun ketgan xarajatlar va boshqalar) uchun qo‘shimcha kompensatsiyalar to‘lash haqidagi talablari ham qondirilishi lozim.

Bundan tashqari, muayyan holatlarni, ishga qabul qilish noqonuniy ravishda rad etilgan shaxsga yetkazilgan jismoniy va ma’naviy zararlarni hisobga olib sud ma’naviy zararni undirish masalasini hal qiladi.

Yo‘q, mumkin emas. Mehnat kodeksining 224-moddasiga ko‘ra, homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi. Bundan tashqari, Jinoyat kodeksining 148-moddasiga ko‘ra, ayolni homiladorligi yoki yosh bolani parvarish qilayotganligini bila turib, uni ishga olishdan g‘ayriqonuniy ravishda bosh tortish yoki ishdan bo‘shatish eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Mehnat kodeksining 224-moddasiga ko‘ra, homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi. Homilador ayolni yoki uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayolni ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda ish beruvchi rad etishning sabablarini ularga yozma ravishda ma’lum qilishi shart. Mazkur shaxslarni ishga qabul qilishni rad etganlik ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Mehnat kodeksining 225-moddasiga asosan mehnat sharoiti noqulay ishlarda, shuningdek yer osti ishlarida ayollar mehnatini qo‘llanish taqiqlanadi, yer ostidagi ba’zi ishlar (jismoniy bo‘lmagan ishlar yoki sanitariya va maishiy xizmat ko‘rsatish ishlari) bundan mustasnodir.
Ayollarning ular uchun mumkin bo‘lgan normadan ortiq yukni ko‘tarishlari va tashishlari man etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2000 yil 5 yanvarda 865-son bilan ro'yxatga olingan Ayollar mehnatini qo‘llanish taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay ishlarning ro‘yxati tasdiqlangan.

Siz, Mehnat kodeksiga ko‘ra mehnat sharoiti noqulay ishlarda, shuningdek yer osti ishlarida ayollar mehnatini qo‘llanish taqiqlanishiga e’tibor qaratishlaringiz lozim, yer ostidagi ba’zi ishlar (jismoniy bo‘lmagan ishlar yoki sanitariya va maishiy xizmat ko‘rsatish ishlari) bundan mustasnodir.
Ayollar mehnati to‘liq yoki qisman qo‘llanilishi ta’qiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay bo‘lgan ishlar ro‘yxati Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000 yil 5 yanvarda 865-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan).
Mazkur ro‘yxat o‘zida 44 ta bo‘limni qamrab olgan. Birinchi bo‘limda, xalq xo‘jaligida hamma uchun umumiy bo‘lgan kasblar ro‘yxati keltirilgan. Qolgan bo‘limlar esa sohaviy prinsipga asosan joylashtirilgan. Masalan, ro‘yxatning 10-bo‘limida ayollarning mehnati taqiqlangan qora metalurgiyadagi, 11-bo‘limda esa rangli metalurgiyadagi ishlar ro‘yxati va sh.k. keltirilgan. 
Ro‘yxat uchta ustundan iborat jadval ko‘rinishida tuzilgan. Birinchi grafada kasblar (mutaxassisliklar)ning kodi, ikkinchi ustunda – kasblarning ro‘yxati ko‘rsatib o‘tilgan. Uchinchi ustunda ushbu kasblar bo‘yicha ayollarning mehnati taqiqlangan ish ro‘yxati belgilangan. Agar uchinchi ustunda kasblar nomlanishining to‘g‘risida “kasb bo‘yicha barcha ishlar turlari” degan yozuv bo‘lsa, bunda ushbu kasb bo‘yicha ayollarning mehnatidan foydalanish taqiqlangan hisoblanadi. 
Masalan, Ro‘yxatning birinchi bo‘limiga muvofiq, ayollar mehnatidan yuk tashuvchi, o‘t-o‘chiruvchi-desantchi sifatida foydalanish mumkin emas. Agar, uchinchi ustunda aniq ish turalari ko‘rsatilsa, u holda ayol kishi tegishli kasb bo‘yicha ishlashi mumkin, lekin uchinchi ustunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan ishlarni bajarmasligi lozim. Masalan, ro‘yxatning “Shisha va shisha buyumlarini ishlab chiqish” 27-bo‘limining ikkinchi ustunida “oyna bo‘yovchi” kasbi keltirilgan, ushbu nomlanishning qarshisidagi uchinchi ustunida esa “simobni qo‘llash bilan bog‘liq ish” ko‘rsatilgan. Bunga ko‘ra, ayollar ushbu kasb bo‘yicha ishlashi mumkin, biroq simobni qo‘llash bilan bog‘liq ishlar bundan mustasno. 
Bundan tashqari, belgilangan normadan ortiq yuklarni ayollar tomonidan ko‘tarilishi va tashilishi taqiqlanadi.

Ha, haqli. Tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayollarning ishlab chiqarish normalari, xizmat ko‘rsatish normalari kamaytiriladi yoki ular avvalgi ishlaridagi o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda yengilroq yoxud noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan holi bo‘lgan ishga o‘tkaziladi. (Mehnat kodeksining 226-moddasi birinchi qismi)
Homilador ayolga yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillari ta’siridan holi bo‘lgan ishga o‘tkazish masalasi muddati tibbiy xulosadan kelib chiqqan holda belgilanadi. 
Homilador ayollarga muhim kafolat Mehnat kodeksining 226-moddasining ikkinchi qismida mustahkamlangan bo‘lib, unga ko‘ra, homilador ayolga yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillari ta’siridan holi bo‘lgan ish berish masalasi hal etilgunga qadar, u ana shu sababdan ishga chiqmagan barcha ish kunlari uchun o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etilishi lozim.

Sizning turmush o‘rtog‘ingiz Mehnat kodeksi 224-moddasining ta’sir doirasiga tushadi, unga ko‘ra, homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi. Agar siz ishga qabul qilishni rad etish sabablarini bilmoqchi bo‘lsangiz, ish beruvchidan bu haqda yozma javob berishni talab qilishingiz mumkin. Agar siz turmush o‘rtog‘ingizni yosh bolasi borligi uchun ishga qabul qilishni rad etgan deb hisoblasangiz, ushbu holat yuzasidan sudga murojaat qilishingiz mumkin.

Ha, ega bo‘lasiz. Mehnat kodeksining 229-moddasiga muvofiq oilaning betob a’zosini parvarish qilish bilan band bo‘lgan shaxsning iltimosiga ko‘ra, ish beruvchi tibbiy xulosaga muvofiq ularga to‘liqsiz ish kuni yoki to‘liqsiz ish haftasi belgilashga majburdir.
Ushbu qoida homilador ayol, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron bolasi) bor ayol, shu jumladan homiyligida shunday bolasi bor ayollarga ham taalluqli. Bunda ishlangan vaktga yoki ishlab chikarilgan maxsulotga mutanosib ravishda xak tulanadi.

Ha, belgilangan. Xususan, Mehnat kodeksining 230-moddasiga asosan nogiron bolasini tarbiyalayotgan ota-onaning biriga (vasiyga, homiyga) bola o‘n olti yoshga to‘lgunga qadar davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobidan bir kunlik ish haqi miqdorida haq to‘lagan holda oyiga qo‘shimcha bir dam olish kuni beriladi.

Mehnat kodeksining 233-moddasiga muvofiq ayollarga tuqqunga qadar yetmish kalendar kun va tuqqanidan keyin ellik olti kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda – yetmish kalendar kun) muddati bilan homiladorlik va tug‘ish ta’tillari berilib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lanadi.
E’tibor bering, homiladorlik va tug‘ish ta’tili jamlangan holda hisoblab chiqilib, tug‘ishga qadar amalda bunday ta’tilning necha kunidan foydalanilganidan qat’i nazar ayolga to‘liq beriladi.

Ha, haqlisiz. Agar siz 6 oydan ortiq ishlagan bo‘lsangiz, yilliy asosiy ta’tilni olishinga haqlisiz. Mehnat kodeksining 144-moddasi to‘rtinchi qismiga ko‘ra ishlayotgan erkaklarga yillik ta’til ularning xohishlariga binoan xotinlarining homiladorlik va tug‘ish ta’tili davrida beriladi.

Ha, mumkin. Mehnat kodeksining 234-moddasi birinchi qismida homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin ayolning xohishiga ko‘ra, unga bolasi ikki yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ta’til berilib, bu davrda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nafaqa to‘lanishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, Mehnat kodeksining 234-moddasi uchinchi qismiga ko‘ra bolani parvarishlash uchun beriladigan ta’tillardan bolaning otasi, buvisi, buvasi yoki bolani amalda parvarishlayotgan boshqa qarindoshlari ham to‘liq yoki uni qismlarga bo‘lib foydalanishlari mumkin

Mehnat kodeksining 231-moddasiga asosan homilador ayollarga va bola tuqqan ayollarga yillik ta’tillar, ularning xohishiga ko‘ra, tegishlicha homiladorlik va tug‘ish ta’tilidan oldin yoki undan keyin yoxud bolani parvarishlash ta’tilidan keyin beriladi.

Ha, mumkin. Mehnat kodeksining 231-moddasiga asosan o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bitta va undan ortiq bolani (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron bolani) tarbiyalayotgan yolg‘iz ota, yolg‘iz onaga (beva erkaklar, beva ayollar, nikohdan ajrashganlar, yolg‘iz onalarga) va muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga yillik ta’tillar, ularning xohishiga ko‘ra yoz vaqtida yoki ular uchun qulay bo‘lgan boshqa vaqtda beriladi.

Ha, beriladi. Mehnat kodeksining 238-moddasiga asosan ayollarga onalik bilan bog‘liq holda beriladigan kafolatlar va imtiyozlar (tungi ishlarga va ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb etishni va xizmat safarlariga yuborishni cheklash, shuningdek qo‘shimcha ta’tillar berish, imtiyozli ish rejimlarini o‘rnatish hamda mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan boshqa kafolatlar va imtiyozlar), onasiz bolalarni (ona vafot etgan, onalik huquqlaridan mahrum etilgan, uzoq vaqt davolash muassasalarida bo‘lgan va bolalari to‘g‘risida ona sifatida g‘amxo‘rlik qilmagan boshqa hollarda) tarbiyalayotgan otalarga, shuningdek voyaga yetmagan bolalarning vasiylariga (homiylariga) ham tatbiq etiladi.

Ha, mumkin. Siz ish haqi saqlanmagan holda ta’til olishingiz mumkin. Mehnat kodeksining 150-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra, siz ikki yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan bolani parvarishlashda ish haqi saqlanmagan holda muqarrar tartibda ta’til olishingiz mumkin.