Call-Markaz
On-line Maslahatchi
Bizni topish
Savollar va javoblar
Yangiliklarga obuna
Sayt bo‘yicha qo‘llanma
Mehnat nizolari

Sizga hech qanday boj to‘lashingizga to‘g‘ri kelmaydi. Mehnat kodeksining 277-moddasi muvofiq, xodimlar mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha sudga murojaat qilganlarida sud xarajatlarini to‘lashdan ozod etiladilar.

Na osnovanii stati 286 Trudovogo kodeksa posobiye po beremennosti i rodam vыplachivayetsya v razmere polnogo zarabotka v techeniye vsego otpuska po beremennosti i rodam.
Jenщinam predostavlyayutsya otpuska po beremennosti i rodam prodoljitelnostyu semdesyat kalendarnыx dney do rodov i pyatdesyat shest (v sluchaye oslojnennыx rodov ili pri rojdenii dvux ili boleye detey — semdesyat) kalendarnыx dney posle rodov s vыplatoy posobiya po gosudarstvennomu sotsialnomu straxovaniyu.
Otpusk po beremennosti i rodam ischislyayetsya summarno i predostavlyayetsya jenщine polnostyu, nezavisimo ot chisla dney, fakticheski ispolzovannыx do rodov.

Ha, to‘lanadi. Mehnat kodeksining 288-moddasiga asosan, sug‘urta qilingan xodim yoki uning oila a’zosi vafot etganda qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan miqdor va tartibda dafn etish marosimi uchun nafaqa to‘lanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 14 iyundagi 174-son qarori bilan tasdiqlangan Dafn etishga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomning 2-bo‘limiga muvofiq, dafn etishga nafaqa:
a) davlat pensiyasi oluvchi pensioner;
b) davlat ijtimoiy nafaqasi oluvchi fuqaro;
v) xodim yoki uning qaramog‘idagi oila a’zosi; 
g) bola hayotining birinchi haftasi mobaynida vafot etganda yoki o‘lik bola tug‘ilganda (perinatal o‘lim);
d) ish bilan band bo‘lgan yoki band bo‘lmagan shaxs, fuqarolarning ayrim toifalariga tegishli bo‘lgan shaxs yoki bola vafot etgan taqdirda tayinlanadi.
Ushbu Nizom 5-bandining “a”, “b”, “g” va “d” kichik bandlarida ko‘rsatilgan shaxslar vafot etgan taqdirda nafaqa O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tayinlanadi. 
Ushbu Nizom 5-bandining “v” kichik bandida ko‘rsatilgan shaxs vafot etganda nafaqa korxona, muassasa yoki tashkilot tomonidan mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda tayinlanadi.
Ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda dafn etish majburiyatini zimmasiga olgan shaxs nafaqa olish huquqiga ega bo‘ladi.

Ha, murojaat qilishingiz mumkin. Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 14 iyundagi 174-son Dafn etishga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomga ko‘ra, nafaqa uchun unga bo‘lgan huquq yuzaga kelgandan keyin 6 oy mobaynida murojaat qilish mumkin. 
Ishlamaydigan pensioner vafot etgan taqdirda zimmasiga dafn etish majburiyatini olgan shaxsga “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 63-moddasida belgilangan miqdorda nafaqa to‘lanadi.
Nafaqa miqdori o‘lim sodir bo‘lgan kundagi, asosli sabablarga ko‘ra (marhumni qidirish, jasadni xorijiy davlat hududidan olib kelish va boshqalar) marhum o‘lim aniqlangan kundan kech dafn etilgan hollarda – ushbu holatni tasdiqlaydigan hujjatlar asosida dafn etish kunida marhumning pensiyasi yoki belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.
Marhumni dafn etish majburiyatini zimmasiga olgan shaxs tomonidan quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda berilgan ariza nafaqa tayinlash uchun asos hisoblanadi:
• qonun hujjatlarida belgilangan tartibda FHDYo organi tomonidan berilgan o‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi va o‘lim to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, qonun bilan belgilangan tartibda marhumning xodim bilan qarindoshligi darajasini tasdiqlaydigan hujjatning asl nusxasi;
• ariza beruvchi pasportining nusxasi.

Mehnat kodeksining 266-moddasiga asosan, mehnat nizolari komissiyasining qarori bu qaror ustidan shikoyat qilish uchun belgilangan o‘n kunlik muddat o‘tgandan keyin uch kun ichida ish beruvchi tomonidan bajarilishi kerak.
Basharti ish beruvchi belgilangan muddat ichida komissiya qarorini bajarmasa, mehnat nizolari komissiyasi tomonidan xodimga ijro varaqasi kuchiga ega bo‘lgan guvohnoma beriladi.
Agar xodim yoki ish beruvchi belgilangan muddat ichida tuman (shahar) sudiga mehnat nizosini hal etish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etsa, guvohnoma berilmaydi.
Mehnat nizolari komissiyasi bergan va olinganidan keyin ko‘pi bilan uch oy ichida tuman (shahar) sudiga taqdim etilgan guvohnoma asosida sud ijrochisi mehnat nizolari komissiyasining qarorini majburiy tarzda ijro ettiradi.
Xodim belgilangan uch oylik muddatni uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborgan taqdirda, guvohnomani bergan mehnat nizolari komissiyasi o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklashi mumkin.

Ha, otangizni kasal bo‘lgani uzrli sabab bo‘lganligi uchun mumkin. Mehnat kodeksining 270-moddasiga asosan sudga yoki mehnat nizolari komissiyasiga murojaat etish uchun quyidagi muddatlar belgilanadi:

  • ishga tiklash nizolari bo‘yicha – xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruqning nusxasi berilgan kundan boshlab bir oy;
  • xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni to‘lash haqidagi nizolar bo‘yicha – zarar yetkazilganligi ish beruvchiga ma’lum bo‘lgan kundan boshlab bir yil;
  • boshqa mehnat nizolari bo‘yicha – xodim o‘z huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlab uch oy.


Ushbu moddada belgilangan muddatlar uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, bu muddatlar sud yoki mehnat nizolari komissiyasi tomonidan qayta tiklanishi mumkin.

Xodimning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashga doir nizolar bo‘yicha sudga murojaat qilish uchun muddat belgilanmaydi.

Mehnat kodeksining 289-moddasiga asosan, yoshga doir pensiya sug‘urta qilingan xodimlarga umumiy asoslarda:
• erkaklar – oltmish yoshga to‘lgan bo‘lib, umumiy mehnat staji yigirma besh yildan kam bo‘lmagan taqdirda, 
• ayollar – ellik besh yoshga to‘lgan bo‘lib, umumiy mehnat staji yigirma yildan kam bo‘lmagan taqdirda tayinlanadi.
Pensiya sug‘urta qilingan xodimlarning ayrim toifalariga pensiya yoshi kam bo‘lganda, tegishli hollarda esa, – mehnat staji kam bo‘lganda ham tayinlanadi.

Mehnat kodeksining 290-moddasiga ko‘ra, nogironlik pensiyasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb topilgan, sug‘urta qilingan xodimlarga:
• mehnatda mayib bo‘lganligi yoki kasb kasalligiga chalinganligi tufayli – mehnat faoliyatining muddatidan qat’i nazar;
• boshqa sabablar tufayli – muddati sug‘urta qilingan xodimning nogironlik ro‘y bergan vaqtdagi yoshiga bog‘liq tegishli umumiy mehnat stajiga ega bo‘lgan taqdirda tayinlanadi.

Ha, mumkin. Mehnat kodeksining 291-moddasiga asosan, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi mehnatda mayib bo‘lish yoki kasb kasalligi tufayli vafot etgan boquvchining mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolariga, uning mehnat faoliyatining muddatidan qat’i nazar tayinlanadi, agar u boshqa sabablar natijasida vafot etgan bo‘lsa, shunga muvofiq keladigan umumiy mehnat stajiga qarab tayinlanadi, bunday mehnat stajining muddati sug‘urta qilingan xodimning vafot etgan kuniga qadar bo‘lgan yoshiga bog‘liq bo‘ladi.

Yo‘q, bunday huquqqa ega emas. Mehnat kodeksining 292-moddasiga muvofiq, turli xildagi davlat pensiyalarini olish huquqiga ega bo‘lgan sug‘urta qilingan xodimlarga (boquvchisini yo‘qotgan hollarda esa – ularning oila a’zolariga) ularning o‘zlari tanlagan pensiyaning bitta turi tayinlanadi.