Call-Markaz
On-line Maslahatchi
Bizni topish
Savollar va javoblar
Yangiliklarga obuna
Sayt bo‘yicha qo‘llanma
Mehnatni muhofaza qilish

Mehnat kodeksining 211-moddasiga ko‘ra, barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan bo‘lishi kerak. Bunday sharoitlarni yaratib berish ish beruvchining majburiyatiga kiradi. Mexnatni muxofoza kilish yuzasidan bir kator normativ xujatlar va texnik ishlab chikarish bilan boglik faoliyat olib boriladigan barcha ish o‘rinlari Mehnat sharoitlarini baholash va mehnat sharoitlari bo‘yicha ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1996 yil 28 mayda 247-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) muvofiq majburiy tartibda attestatsiya qilinishi lozim. Mehnat sharoitlari bo‘yicha ish o‘rinlarini attestatsiya qilish mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar barcha korxona, muassasa, tashkilotlarda o‘tkaziladi. 
Mehnat sharoitlari bo‘yicha ish o‘rinlarini attestatsiya qilish jarayonida xodimlar ishlaydigan zararli unsurlar, ularning xodimlarga shunga yarasha yuklanishi aniqlanib, xodimlarga kafolat va kompensatsiyalar aniqlanadi. 
Sizning ish joyingiz to‘g‘risida bergan tavsilotlaringizga ko‘ra, u yerda mehnat talablarini buzuvchi talablar yo‘q. 
Siz ish joyingizni bayon qilishingizga qaraganda u attestatsiya qilinmaganga o‘xshaydi, bu esa mehnatni muhofaza qilish normalarining buzilishi hisoblanadi.
Shuning uchun, siz ish joyingizni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ish beruvchiga murojaat kilishingiz kerak. Ish beruvchi mexnatni muxofoza kilish talablarini buzganlik uchun javobgar buladi.

Albatta egasiz. Mehnat kodeksining 213-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi mehnat shartnomasini tuzishda va boshqa ishga o‘tkazishda xodimni mehnat sharoitlari to‘g‘risida, shu jumladan kasb kasalliklari va boshqa kasalliklarga chalinish ehtimoli, shu bilan bog‘liq holda unga beriladigan imtiyoz va kompensatsiyalar, shuningdek shaxsiy himoya vositalari haqida xabardor qilishi kerak. Demak, sizning rahbariyatingiz sizga tegishli ma’lumotni berishi, shuningdek muayyan ish joyidagi va ishlab chiqarishdagi mehnatni muhofaza qilishning holati haqida axborot berishi shart.

Yo‘q, siz tibbiy ko‘rikdan o‘tishni rad qilishingiz mumkin emas. Mehnat kodeksining 214-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog‘ida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan quyidagi xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilishi shart:
• o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganlar;
• oltmish yoshga to‘lgan erkaklar, ellik besh yoshga to‘lgan ayollar;
• nogironlar;
• mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek transport harakati bilan bog‘liq ishlarda band bo‘lganlar; 
• oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo‘lganlar;
• umumta’lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan mashg‘ul bo‘lgan pedagog va boshqa xodimlari.
Ko‘rib turganingizdek, siz tibbiy ko‘rikdan o‘tishga majbur shaxslar ro‘yxatiga tushasiz.
Qonunchilikka muvofiq majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlar tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bo‘yin tovlashga haqli emaslar. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo‘yin tovlagan xodimlarni ish beruvchi ishga qo‘ymaslikka haqlidir.
Tibbiy ko‘riklardan o‘tilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor bo‘lmaydilar.Tibbiy ko‘rikdan o‘tish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2012 yil 10 iyuldagi 200-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012 yil 29 avgustda 2387-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) 

Mazkur holatda o‘tishingiz kerak. Birinchidan, Mehnat kodeksining 214-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog‘ida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilishi shart. Ikkinchidan, shunga e’tibor berish kerakki, nogiron shaxslar boshqa ishga o‘tganida tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari lozim.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2012 yil 10 iyuldagi 200-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012 yil 29 avgustda 2387-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) bilan tartibga solinadi. 

Yo‘q, bunda tibbiy ko‘rik bepul amalga oshiriladi. Mehnat kodeksining 214-moddasiga asosan, tibbiy ko‘riklardan o‘tilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor bo‘lmaydilar.

Yo‘q, rad qilolmaysiz. Mehnat kodeksining 214-moddasiga muvofiq, mehnat shartnomasi tuzish chog‘ida nogiron shaxslarning dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi majburiy hisoblanadi. Bu nogiron shaxslarning mehnatidan ularning sog‘lig‘i holatiga to‘g‘ri kelmaydigan ishlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi bilan bog‘liq. Bunday holatda siz tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortishingiz tugri emas.
Siz tibbiy ko‘rikdan o‘tishni rad qilgan taqdiringizda, ish beruvchi sizni ishga qabul qilmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Ha, sizning ish beruvchingiz haq. Mehnat kodeksining 214-moddasiga muvofiq ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog‘ida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan quyidagi xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilishi shart:
• o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganlar;
• oltmish yoshga to‘lgan erkaklar, ellik besh yoshga to‘lgan ayollar;
• nogironlar;
• mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek transport harakati bilan bog‘liq ishlarda band bo‘lganlar; 
• oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo‘lganlar;
• umumta’lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan mashg‘ul bo‘lgan pedagog va boshqa xodimlari. 

Sizning onangiz pensiya yoshida bulganligi sababli, Mehnat kodeksining 214-moddasidagi dastlabki tarzda va vaqti-vaqti bilan majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga tushadi. Uning yoshida ayollar tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari majbur hisoblanadi. Mehnat kodeksining 214-modda uchinchi qismida tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo‘yin tovlagan xodimlarni ish beruvchi ishga qo‘ymaslikka haqli ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Mehnat kodeksining 214-moddasi beshinchi qismiga muvofiq agar xodim o‘z sog‘lig‘ining holati mehnat sharoiti bilan bog‘liq holda yomonlashgan deb hisoblasa, u navbatdan tashqari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni talab qilishga haqlidir.
Shu bilan bir qatorda mazkur moddaning oltinchi qismida tibbiy ko‘riklardan o‘tilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor bo‘lmasliklari nazarda tutilgan.

Tekshiruvchilarning talablari qonuniy. Faoliyat turidan qat’i nazar Mehnat kodeksining 215-moddasi ish beruvchi zimmasiga xodimlarga texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong‘in chiqishdan saqlanish va mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalari haqida yo‘l-yo‘riqlar berish hamda xodimlarning mehnatni muhofaza qilishning hamma talablariga rioya etishlarini doimiy ravishda tekshirib borish majburiyatini yuklaydi.

Bundan tashqari mazkur moddaga ko‘ra ish beruvchi xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qishlarini ta’minlashi va ularning bilimlarini tekshirib turishi shart.

Ha, mumkin. Mehnat kodeksining 220-moddasiga ko‘ra, tibbiy mehnat ekspert komissiyasi (TMEK)ning nogironlarga to‘liqsiz ish vaqti rejimi o‘rnatish, ularning vazifasini kamaytirish va mehnatning boshqa shartlari haqidagi tavsiyalarini bajarish ish beruvchi uchun majburiydir. Mehnat kodeksining 116, 220-moddalariga ko‘ra, I va II guruh nogironlariga mehnatga haq to‘lash kamaytirilmagan holda ish vaqtining haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi.
Ish beruvchi TMEKning tavsiyasini rad qilishi mumkin emas, aks holda sizning qizingiz sudga murojaat qilishi mumkin.

Ha, mumkin. Sud otangizni ish soatini qisqartirib berish bilan birga, ish beruvchidan otangizni 36 soatdan ko‘proq ishlagani uchun ikki hissa miqdorida haq to‘lattiradi.
Mehnat kodeksining 116, 220-moddalariga ko‘ra, I va II guruh nogironlariga mehnatga haq to‘lash kamaytirilmagan holda ish vaqtining haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi. Shuningdek, I va II guruh nogironi haftasiga 36 soatdan ortiq ishlagan taqdirda uning ish vaqti ish vaqtidan tashqari vaqt deb hisoblanadi va unga ikki hissadan kam bo‘lmagan miqdorida haq to‘lanadi. 

I va II guruh nogironligiga ega bo‘lgan shaxslarga yillik 30 kalendar kuni hisobida uzaytirilgan mehnat ta’tili beriladi. Bundan tashqari, Mehnat kodeksida mehnat ta’tilini muddatini belgilash hamda ta’tilni berish navbatida ham ayrim qo‘shimcha imtiyozlar nazarda tutilgan. Jumladan, Mehnat kodeksining 143-moddasiga asosan, yillik asosiy ta’til birinchi ish yili uchun olti oy ishlagandan keyin berilsa, sizga II guruh nogironligiga ega shaxs sifatida sizning xohishingiz bo‘yicha ushbu ta’til olti oy o‘tmasdan oldin beriladi. Bundan tashqari, ta’kidlash lozimki, I va II guruh nogironlariga ta’til ularning xohishlariga ko‘ra yozgi yoki ular uchun qulay bo‘lgan boshqa vaqtda berilishi kerak.

Ha, bog‘liq. Mehnat kodeksining 220-modldasiga ko‘ra, sizni tungi vaqtdagi ishlarga, shuningdek ish vaqtidan tashqari ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga quyidagi ikki shart birgalikda bajarilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi:
• sizning roziligingiz bilan;
• basharti siz uchun bunday ishlarning zararliligi tibbiy tavsiyalarda taqiqlanmagan bo‘lsa.

Bu holatda ish beruvchining xatti-harakatlari noqonuniy. Mehnat kodeksining 222-moddasiga muvofiq ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni o‘z vaqtida tekshirishi va hisobga olib borishi shart. Jabrlanuvchining talabiga binoan tekshiruv tugagan kundan e’tiboran uzog‘i bilan uch kun ichida ish beruvchi shu baxtsiz hodisa to‘g‘risida dalolatnoma berishi shart. Uzbekistan Respublikasining “Mexnatni muxofaza kilish tugrisida”gi konuniga muvofik, mexnat organlari baxtsiz xodisalarning xisobini yuritadi va nazorat olib boradi. 
Siz tashkilot rahbarining nomiga yozma ariza bilan murojat etishingiz kerak, u qabul qilinishi va ko‘rib chiqilishi shart. Agar rad etilsa, siz yuqori turuvchi tashkilotga yoki mexnat organlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Ish Joyi tushunchasiga xodim ishlaydigan korxona yoki uning alohida tarkibiy bo‘linmasi (filial, vakolatxona va b.) kiradi. Ish joyi mehnat shartnomasining majburiy sharti hisoblanadi va ish beruvchi va xodim o‘rtasida tuziladigan mehnat shartnomasiga kiritilishi lozim. Ish joyini o‘zgartirish ish beruvchini o‘zgarishiga olib keladi va bir ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini bekor qilinib, boshqasi bilan yangi mehnat shartnomasini tuzilishini talab etadi.
Ish joyi xodimga yuklatilgan vazifani bajarish joyi xisoblanadi. Masalan, kasanachilik asosida ishlovchilarning ish joyi ularning shaxsiy uyi xisoblanadi. 
Ish o‘rni esa xodim mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mutaxassislik, malaka yoki lavozim bo‘yicha zarur uskuna va moslamalar bilan jihozlangan ishlab chiqarish uchastkasining muayyan maydoni hisoblanadi. Mehnat kodeksining 91-moddasiga ko‘ra, mehnat shartnomasida shartlashib olinmagan ish joyini o‘zgartirish mehnat shartlarini o‘zgartirish deb hisoblanmaydi va bu haqda xodim bilan kelishish talab qilinmaydi. 

“O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasiga muvofiq, davlat nogironlar turmush faoliyatining cheklanganligini baholash asosida ularning ijtimoiy yordam hamda himoya chora-tadbirlariga bo‘lgan ehtiyojlari hisobga olinishi ta’minlanishini, nogironlarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy himoya qilishning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan turlaridagi dasturlar amalga oshirilishini, nogironlarning jamiyat bilan uyg‘unlashishi uchun sharoitlar yaratilishini, nogironlarni kamsitishning barcha shakllaridan himoya qilishni ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilishini kafolatlaydi.
Nogironligi bo‘lgan shaxs mehnat sharoitlari odatdagicha bo‘lgan tashkilotlarda, nogironlar mehnatidan foydalaniladigan ixtisoslashtirilgan korxonalarda, sexlar va uchastkalarda ishlashga, shuningdek qonun bilan taqiqlanmagan yakka tartibdagi mehnat faoliyatini yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishga haqlidir. Nogironligi tufayli nogiron bilan mehnat shartnomasi tuzishni yoki ish yuzasidan uni yuqori lavozimga ko‘tarishni rad etishga, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga, nogironni uning roziligisiz boshqa ishga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi, tibbiy-ijtimoiy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra nogironning sog‘lig‘i kasb vazifalarini bajarishga monelik qilgan yoki nogironning yoxud boshqa shaxslarning sog‘lig‘i va mehnat xavfsizligiga tahdid qilgan hollar bundan mustasno. Nogiron o‘z mehnat qobiliyatini tiklaganidan keyin ilgarigi ishiga yoki shunga teng ishga joylashish huquqiga ega (“O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasi).
Mehnat kodeksi 220-moddasining birinchi qismiga asosan, ish beruvchi belgilangan minimal ish joylari hisobidan ish joylariga ishga joylashtirish tartibida mahalliy mehnat organi tomonidan yo‘llangan nogironlarni ishga qabul qilishi shart. 
Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 20 avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, nogiron shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish xodimlarining ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha soni yigirma nafardan ko‘pni tashkil etadigan tashkilotlar uchun belgilanadi. Bunda nogironlarni ishga joylashtirish uchun xodimlar sonining kamida 3 foizi miqdorida ish o‘rinlarining eng kam soni belgilanadi va band qilib qo‘yiladi.