Call-Markaz
On-line Maslahatchi
Bizni topish
Savollar va javoblar
Yangiliklarga obuna
Sayt bo‘yicha qo‘llanma
Kafolatli to‘lovlar va kompensatsiya, to‘lovlari, mehnat intizomi, mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi

Yo‘q, ta’sir qilmaydi. Sizning sud majlislarida ishtirok etishingiz davlat yoki jamoat vazifasini bajarish hisoblanadi. Ushbu vazifalarni bajarish vaqtida xodimning o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi.

Mehnat kodeksining 165-moddasiga ko‘ra, xodim davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtida, masalan saylov huquqini amalga oshirish, deputatlik vazifalarini bajarish, tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi ishida ishtirok etish, harbiy burchni bajarish, surishtiruv organiga, tergovchi, prokuror huzuriga yoki sudga guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis tariqasida chaqirilganda, xuddi shuningdek sud majlislarida xalq maslahatchisi, jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi, jamoat birlashmalari va mehnat jamoalarining vakili sifatida ishtirok etganda, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ish beruvchi uni ish joyini (lavozimini) saqlagan holda ishdan ozod qilishi shart.

Ha, mavjud. Mehnat kodeksining 167-moddasi uchinchi qismiga ko‘ra, donorlik qiluvchi xodimlarga har safar quyish uchun qon topshirgan kunning albatta ertasiga dam olish uchun bir kun beriladi. Xodimning xohishiga ko‘ra bu kun ta’tilga qo‘shib beriladi. Tekshiruvdan o‘tadigan va quyish uchun qon topshiradigan kuni ishdan ozod etilgan davr uchun, shuningdek dam olish kunlari xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanadi.

Mehnat kodeksining 171-moddasiga asosan, xizmat safarida va ko‘chib yurish bilan bog‘liq ishlarda quyidagilar to‘lanishi lozim:
• yo‘l kira xarajatlari;
• doimiy turar joyidan boshqa joyda yashash, shu jumladan uy-joy ijarasi bilan bog‘liq xarajatlar;
• xodim tomonidan ish beruvchining ruxsati yoki roziligi bilan qilingan boshqa xarajatlar.

Mehnat kodeksining 172-moddasiga ko‘ra, boshqa joydagi ishga ko‘chib borganda quyidagilar to‘lanishi lozim:
• ko‘chish va mol-mulkni ko‘chirib borish bilan bog‘liq xarajatlar;
• yangi joyda o‘rnashib olish bilan bog‘liq xarajatlar;
• xodim tomonidan ish beruvchi bilan kelishib qilingan boshqa xarajatlar.

Mehnat kodeksining 173-moddasiga muvofiq ish beruvchining roziligi bilan va uning manfaatlari yo‘lida siz o‘zingizga tegishli mashinadan foydalanganda transport vositalarining amortizatsiyasi va ulardan foydalanganlik uchun qilingan xarajatlarning amortizatsiyasi ish beruvchi hisobidan to‘lanishi lozim. Ana shu xarajatlarni to‘lashning miqdori va tartibi jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilab qo‘yiladi. Shunga ko‘ra, siz o‘z rahbariyatingiz bilan shartnoma tuzib qo‘yishingiz va ularga mashinadan ish vaqtida foydalanganligingiz va uni ta’mirlaganligingiz haqida to‘liq ma’lumotni berib borishingiz lozim.
Bunday holatlarda harajatlarni qoplash masalasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 2 apreldagi 154-son qarori bilan tasdiqlangan Xodimlarning shaxsiy avtomobillaridan xizmat maqsadlari uchun (xizmat safarlaridan tashqari) foydalanganlik uchun kompensatsiya to‘lash tartibi bilan belgilanadi. 

Hech kim sizni turmush o‘rtog‘ingiz yoki bolalaringiz yo‘qligini asos qilib, kechki vaqtga yoki bayram kunlariga navbatchilikka qo‘yishi mumkin emas. Ushbu holatda navbatchilik qilish mehnat majburiyatingizga kirgan taqdirda ham Mehnat kodeksining 177-moddasiga muvofiq, ish beruvchi xodimlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar qilishni talab etishga haqli emas.
Shuningdek navbatchilik kilish xodim bilan kelishilgan xolda belgilanadi va shu kun uchun boshka kuni ishga chikmasligingiz yoki yana shu kun uchun ikki xissa mexnat xaki olishga xaklisiz. Kelishilmagan xolda navbatchilik tayinlangan bulsa usha kun siz ish beruvchining talabini bajarmasligiz mumkin. Buning uchun sizga intizomiy jazo kulash takiklanadi. 

Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, korxona, muassa, tashkilot ichki mehnat tartibining namunaviy qoidalari Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza mehnat vazirligi tomonidan tasdiqlangan (Adliya vazirligi tomonidan 1999 yil 14 iyunda 746-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) Mehnat kodeksining 174-moddasiga asosan, korxonada mehnat tartibi ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlaydigan ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi. Ichki mexnat tartib koidalari namunalarini www.mehnat.uz sayitidan olishingiz mumkin.

Ishdagi yutuqlar uchun xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi mumkin. Rag‘batlantirish turlari, ularni qo‘llanish tartibi, afzallik va imtiyozlar berish jamoa shartnomalari, ichki mehnat tartibi qoidalari va boshqa lokal hujjatlarda, jamoa kelishuvlarida, intizom to‘g‘risidagi ustav va nizomlarda belgilab qo‘yiladi.

Xodimlar mehnat sohasida davlat va jamiyat oldidagi alohida xizmatlari uchun davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.

Ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va mehnat haqi tizimida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar rag‘batlantirish turlariga kirmaydi.

Intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida (183-modda) xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilmaydi.

Mehnat kodeksining 180-moddasi birinchi qismiga ko‘ra, ishdagi yutuqlar uchun xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi mumkin. Rag‘batlantirish turlari, ularni qo‘llanish tartibi, afzallik va imtiyozlar berish jamoa shartnomalari, ichki mehnat tartibi qoidalari va boshqa lokal hujjatlarda, jamoa kelishuvlarida, intizom to‘g‘risidagi ustav va nizomlarda belgilab qo‘yiladi.

Intizomiy jazo – bu mehnat intizomini ta’minlash maqsadida xodimlarga ta’sir o‘tkazish choralari hisoblanadi.

Mehnat kodeksining 181-moddasiga ko‘ra, xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli:

  • hayfsan;
  • o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima. (ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga o‘rtacha oylik ish haqining ellik foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solish hollari ham nazarda tutilishi mumkin).
  • mehnat shartnomasini bekor qilish.

Mehnat kodeksining 181-moddasida nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qo‘llanish taqiqlanadi.

Mehnat kodeksining 180-moddasiga ko‘ra, intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilmaydi. Bunda ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va mehnat haqi tizimida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar rag‘batlantirish turlariga kirmasligiga e’tibor berish kerak. Agar mexnat xaki tizimida kuzda tutilgan mablaglardan tashkari boshka manbalardan ragbantlantirish berilgan bulsa unda ish beruvchi tugri xarakat kilgan buladi.

Yo‘q, uning bunday huquqi yo‘q. Mehnat kodeksining 182-moddasiga ko‘ra, intizomiy jazolar ishga qabul qilish huquqi berilgan shaxslar (organlar) tomonidan qo‘llaniladi.

Yo‘q, ish beruvchi bu holatda nohaq va qonunni buzgan. Mehnat kodeksining 182-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra, intizomiy jazo qo‘llanilishidan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab qilinishi lozim. Siz ish beruvchining ushbu qarori ustidan sudga yoki mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaga shikoyat qilish huquqiga egasiz. 
Tushuntirish xati yozishdan bosh tortish jazodan ozod etmaydi, kolaversa sababsiz ish joyida bulmasa ichki mexnat tartib koidalarida mexnat intizomini buzish turlarida bunday tartib buzarlik intizomiy jazoga tortishga sabab bulishi kursatilgan bulsa unda intizomiy jazoga tortilishingiz mumkin.

Yo‘q, mumkin emas. Mehnat kodeksining 182-moddasiga ko‘ra, intizomiy jazoni qo‘llanishda sodir etilgan nojo‘ya xatti-harakatning qay darajada og‘ir ekanligi, shu xatti-harakat sodir etilgan vaziyat, xodimning oldingi ishi va xulq-atvori hisobga olinadi. Har bir nojo‘ya xatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo qo‘llanishi mumkin.

Bu holatda rahbariyatning harakatlari to‘g‘ri. Mehnat kodeksining 182-moddasi oltinchi qismiga ko‘ra, nojo‘ya xatti-harakat sodir etilgan kundan boshlab olti oy o‘tganidan keyin jazoni qo‘llab bo‘lmasligi nazarda tutilgan bo‘lsada, moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijasida aniqlanganda bu muddat nojo‘ya xatti-harakat sodir etilgan kundan boshlab ikki yilgacha uzaytiriladi.

Yo‘q, mumkin emas. Mehnat kodeksining 182-moddasiga yettinchi qismiga muvofiq intizomiy jazo berilgani to‘g‘risidagi buyruq (farmoyish) yoki qaror xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi. Agar sizga nisbatan ushbu tartib buzilgan bo‘lsa, siz rahbariyatning jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarori yuzasidan e’tiroz bildirishingiz mumkin.

Mehnat kodeksining 283-moddasiga asosan, intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qo‘llanilgan kundan boshlab bir yildan oshib ketishi mumkin emas. Agar xodim shu muddat ichida yangi intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi.
Intizomiy jazoni qo‘llagan ish beruvchi o‘z tashabbusi bilan, xodimning iltimosiga binoan, mehnat jamoasi yoki xodimning bevosita rahbari iltimosnomasiga ko‘ra jazoni bir yil o‘tmasdan oldin ham olib tashlashga haqli.

Mehnat kodeksining 184-moddasiga muvofiq intizomiy jazo ustidan yakka mehnat nizolarini ko‘rish uchun belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin. Siz ushbu holat yuzasidan mehnat nizolari komissiyasiga yoki fuqarolik sudiga murojaat qilishingiz mumkin.
Mehnat nizosini ko‘rib chiqayotgan organ (sodir etilgan nojo‘ya xatti-harakat qanday vaziyatda yuz berganligini, xodimning oldingi xulq-atvorini, mehnatga bo‘lgan munosabatini, intizomiy jazoning sodir etilgan nojo‘ya xatti-harakatning og‘irlik darajasiga qanchalik mos kelishini, ish beruvchining intizomiy jazo berish tartibiga rioya qilganligini hisobga olib) xodimga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy jazoni g‘ayriqonuniy deb topish va uni bekor qilish to‘g‘risida qaror chiqarishga haqli.

Mehnat kodeksining 189-moddasiga ko‘ra, xodimning sog‘lig‘iga mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki u o‘z mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zararni ish beruvchi to‘liq hajmda to‘lashi shart.
Siz o‘quv mashg‘ulotiga maktab rahbariyati tomonidan yuborilganligingiz va ish vaqtida jarohat olganingiz uchun Mehnat kodeksining 285-moddasiga ko‘ra, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi mehnatda mayib bo‘lganda ish haqining to‘liq miqdorida to‘lanadi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasining eng kam miqdori qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan oz bo‘lmasligi va nafaqa hisoblab chiqariladigan ish haqi miqdoridan ortib ketmasligi lozim.