Call-Markaz
On-line Maslahatchi
Bizni topish
Savollar va javoblar
Yangiliklarga obuna
Sayt bo‘yicha qo‘llanma
Mehnatga haq to‘lash

Yo‘q, mavjud emas. Mehnat kodeksining 153-moddasi birinchi qismiga muvofiq mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas va uning eng ko‘p miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi.

Ish beruvchingizning xarakatlari noqonuniy. U Mehnat kodeksining 154-modda talablarini buzmoqda. Unga ko‘ra ish beruvchi o‘zining moliyaviy holatidan qat’i nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq Mehnat kodeksining 161-moddasida ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lashi shart.

Mehnat kodeksining 155-moddasiga ko‘ra, muayyan davr uchun belgilangan mehnat normasini va mehnat vazifalarini to‘liq bajargan xodimning oylik mehnat haqi Mehnatga haq to‘lash Yagona tarif setkasining 1 razryadida belgilangan miqdordanoz bo‘lishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 5 oktyabrdagi PF–4450-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, 2012 yil 1 dekabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam ish haqi oyiga 79 590 so‘mni tashkil qiladi. 
Mehnat haqining eng kam miqdoriga qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar, rag‘batlantirish tarzidagi to‘lovlar, normal ish vaqtidan chetga chiqqan holda bajarilgan ishlar uchun oshirilgan miqdorda to‘lanadigan haqlar shuningdek rayon koeffitsiyentlari qo‘shilmaydi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi PQ–1675-son qarorining 4-bandiga muvofiq, 2012 yilning 1 yanvaridan boshlab respublikaning barcha tashkilotlarida mehnat haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning Yagona tarif setkasi bo‘yicha birinchi razryaddan kam bo‘lmagan holda belgilangan.

Yo‘q, mumkin emas. Mehnat kodeksining 156-moddasi ikknichi qismiga ko‘ra, mehnatga haq to‘lashning yakka shartlarini xodim uchun noqulay tomonga o‘zgartirishga uning roziligisiz yo‘l qo‘yilmaydi. Istisno tariqasida bunday o‘zgartishga:

  • texnologiyada, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishda o‘zgarishlar yuz bergan taqdirda, basharti mehnatga haq to‘lashning avvalgi shartlarini saqlab qolish mumkin bo‘lmasa;
  • qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda yo‘l qo‘yilishi mumkin.

Biroq, mazkur moddaning 3-qismiga ko‘ra, bo‘lajak o‘zgartirish haqida xodim kamida ikki oy oldin ogohlantirilishi lozim.

Ushbu holatda xodimlarning ish haqlari nima asosda oshirilganligiga bog‘liq. Agar ushbu jarayon o‘rtacha oylik ish haqinining oshishi bilan bog‘liq bo‘lib, bir toifadagi xodimlarning ish haqlari oshirilib va bir paytning o‘zida boshqa xodimlar ish haqining oshirilmasligi qonunga xilof hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasi hamda Mehnat kodeksining 6-moddasiga ko‘ra kamsitilish deb topiladi.

Agar ish haqining oshirilishi korxonaning ichki tartib qoidalaridan kelib chiqqan bo‘lsa, qonunbuzilish holatini aniqlash uchun ish beruvchi tomonidan qabul qilingan lokal hujjat bilan tanishib chiqish lozim.

Har qanday holatda siz ish beruvchidan mazkur masala bo‘yicha yozma tushuntirish olishingiz mumkin va shundan kelib chiqqan holda ish beruvchi tomonidan qanday harakatlar sodir etilishi belgilab olinadi.

Yo‘q, mumkin emas. Haq to‘lanadigan kun dam olish kuni yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, mehnat haqi shu kun arafasida to‘lanadi.

Jamoa shartnomasida ish beruvchining aybi bilan xodimga haq to‘lash belgilangan muddatlarga nisbatan kechikkanligi uchun javobgarlik nazarda tutilishi mumkin.

Yo‘q muvofiq emas. Mehnat kodeksining 154-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi o‘zining moliyaviy holatidan qat’i nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq (ushbu Kodeksning 161-moddasiga asosan mehnatga haq to‘lash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emas. Xodimlarning ayrim toifalari uchun alohida hollarda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan ish haqi to‘lashning boshqa muddatlari belgilab qo‘yilishi mumkin) to‘lashi shart.
Shu bilan birga, tomonlarning kelishuviga ko‘ra mehnat shartnomasida belgilangan oylik ish haqi jamoa shartnomasidan belgilangan miqdordan kam bo‘lmasligi kerak.
Siz topgan ish rasmiylashtirilmaydi va bunda mehnat shartnomasi tuzilmasligi ehtimoli bor. Boshqa ish topishga harakat qiling.

Ha, farq qiladi. Mehnat kodeksining 157-moddasiga ko‘ra, ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi. To‘lanadigan haqning aniq miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, – ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.
Bayram yoki dam olish kunidagi ish sizning xohishingizga qarab boshqa dam olish kuni (otgul) berish bilan qoplanishi mumkin. Bayram yoki dam olish kunidagi ish yoxud ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish uchun boshqa dam olish kuni berilgan taqdirda, bunday ishlar uchun kamida bir hissa miqdorda mehnat haqi to‘lanadi.

Mehnat kodeksining 158-moddasiga asosan, tungi vaqtdagi ishning har bir soati uchun kamida bir yarim baravar miqdorda haq to‘lanadi.
Jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib, kechki smenadagi ish uchun oshirilgan miqdorda haq to‘lash nazarda tutilishi mumkin. Bevosita tungi smenadan oldingisi kechki smena deb hisoblanadi. 

Ha, to‘lanadi. Mehnat kodeksining 159-moddasiga asosan, xodimning aybisiz yaroqsiz mahsulot tayyorlanganda va bekor turib qolingan vaqtda uning o‘rtacha ish haqi saqlanadi.
Xodimning aybi bilan tayyorlangan qisman yaroqsiz mahsulot uchun kamaytirilgan ishbay baholar bo‘yicha haq to‘lanadi, bunday baholar jamoa shartnomasida belgilab qo‘yiladi, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.
Xodimning aybi bilan tayyorlangan to‘liq yaroqsiz mahsulot va bekor turib qolingan vaqt uchun haq to‘lanmaydi.

So‘rashingiz mumkin. Mehnat kodeksining 160-moddasiga ko‘ra, bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmi ortganligi, o‘zining asosiy ishi bilan bir qatorda ishda vaqtincha bo‘lmagan xodimlarning vazifalarini bajarganlik uchun, shuningdek o‘rindoshlik asosida ish bajarilganida (xodim o‘zining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan bo‘sh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq to‘lanadigan ishni bajarganda), xodimlarning mehnat haqi miqdori mehnat shartnomasining taraflari o‘rtasidagi kelishuvga binoan amalda bajarilgan ish yuzasidan belgilanadi.

Ha, mumkin. Mehnat kodeksining 162-moddasiga asosan xodim vafot etgan kunga qadar olinmagan ish haqi uning oila a’zolariga, shuningdek mehnatga qobiliyatsizligi tufayli vafot etgan shaxsning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslarga beriladi.

Ha, shart. Mehnat kodeksining 164-moddasiga asosan quyidagi hollarda xodimning roziligidan qat’i nazar, mehnat haqidan ushlab qolinadi:

  • ish haqi hisobiga berilgan avansni ushlab qolish uchun, xo‘jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoki boshqa joydagi ishga o‘tganligi munosabati bilan berilgan bo‘lib, sarf qilinmay qolgan va o‘z vaqtida qaytarilmagan avansni ushlab qolish uchun hamda hisob-kitobdagi xatolar natijasida ortiqcha to‘langan summani qaytarib olish uchun.
  • O‘zbekiston Respublikasida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish uchun;
  • sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun.

Bunday hollarda ish beruvchi avansni qaytarish yoki qarzni to‘lash uchun belgilangan muddat tamom bo‘lgan kundan yoxud haq to‘lash noto‘g‘ri hisoblab chiqarilgan kundan boshlab bir oydan kechiktirmasdan avans yoki qarzni ushlab qolish haqida farmoyish berishga haqlidir. E’tibor bering, agar bu muddat o‘tib ketgan bo‘lsa yoki xodim xo‘jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoxud boshqa joydagi ishga o‘tganligi munosabati bilan berilgan avansning ushlab qolinishini asossiz yoki miqdorini noto‘g‘ri deb hisoblasa, u holda qarz sud tartibida undiriladi;

Qaytarishingiz kerak. Mehnat kodeksining 164-moddasiga asosan hisobidan xodim ta’til olib bo‘lgan ish yili tugamasdan turib mehnat shartnomasi bekor qilinganda, ta’tilning ishlanmagan davrga tegishli kunlari uchun qaytaradi. Lekin, bu qoidadan istisno hollar mavjud: ana shu kunlar uchun haq mehnat shartnomasi Mehnat kodeksida o‘rsatilgan asoslarga ko‘ra, shuningdek o‘qishga kirganligi yoki pensiyaga chiqqanligi munosabati bilan bekor qilinganda ushlab qolinmaydi.

Yo‘q, mumkin emas. Mehnat kodeksining 164-moddasiga asosan, ish haqini to‘lash vaqtida ushlab qolinadigan haqning umumiy miqdori xodimga tegishli bo‘lgan mehnat haqining ellik foizidan ortib ketmasligi lozim.

Siz ishdan bo‘shash sharti bilan ta’tilga chiqish to‘g‘risida ariza yozib va shu bilan yangi ishga joylashishingiz mumkin. Mehnat kodeksining 152-moddasiga asosan, jamoa shartnomasida yoki xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan mehnat shartnomasi bekor qilinganda (shu jumladan uning muddati tugashi munosabati bilan ham) xodimning xohishiga ko‘ra, yillik asosiy va qo‘shimcha ta’tillarni berib, undan keyin mehnat munosabatlarini bekor qilish hollari nazarda tutilishi mumkin.

E’tibor bering, bu holda ta’til tugagan kun mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi. Boshqa tomonidan, Mehnat kodeksining 151-moddasiga ko‘ra, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun pullik kompensatsiya to‘lanadi.