Call-Markaz
On-line Maslahatchi
Bizni topish
Savollar va javoblar
Yangiliklarga obuna
Sayt bo‘yicha qo‘llanma
Ish vaqti

Mehnat kodeksining 114-moddasiga ko‘ra, xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o‘z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo‘lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi. Mehnat kodeksining 189-moddasiga muvofiq xodimning ish beruvchining hududida ham, uning tashqarisida ham mehnatda mayib bo‘lishi, shuningdek ish beruvchi tomonidan ajratilgan transportda ish joyiga kelayotgan yoki ishdan qaytayotgan vaqtda shikastlanishi natijasida yetkazilgan zarar uchun ish beruvchi moddiy javobgar bo‘ladi. Shunga ko‘ra, ish beruvchini moddiy javobgar deb e’tirof etish uchun, amakingizni o‘g‘li qaysi avtomashinada avtohalotkatga uchraganligi va ushbu halokat kimning aybi bilan sodir bo‘lganligini aniqlash lozim.
Mazkur masala yuzasidan xududiy mehnat organlarining davlat mexnat texnika inspektorlariga murojat kilinsa, mexnatda mayib bulganligi yoki boshka xolatda mayib bulganligi xakida xulosa beriladi. Shunga asosan yakuniy xulosa chikariladi.

Mehnat kodeksining 115-moddasiga ko‘ra, xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim.
Ish vaqtini jamlab hisobga olish Mehnat kodeksining 123-moddasiga ko‘ra amalga oshiriladi. 
Shunday kelib chiqib, xodimni sakkiz soatdan ortiq ishlatish mumkin emas, Bu mehnatga majburlash hisoblanadi va aybdor shaxslar ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan javobgarlikka tortiladi.
Ish hajmining ortishi yoki muhim topshiriqlar ijrosini kechiktirib bo‘lmasligini inobatga olib, ish beruvchi asosiy ish vaqtidan tashqari qo‘shimcha ish vaqtida ham xodimning roziligi bilan uni ishga jalb qilishi mumkin. Bunda qo‘shimcha ishlagan ish vaqti uchun ikki hissa ish haqi to‘lanishi lozim. Bu vaqt qonun hujjatlariga muvofiq yiliga 120 soatdan oshmasligi kerak.

Ushbu ma’lumotlarni Mehnat kodeksida bo‘ladi. Jumladan, Mehnat kodeksining 116-moddasiga ko‘ra, ish vaqtining qisqartirilgan muddati quyidagilar uchun belgilanadi:

  • o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlar;
  • I va II guruh nogironi bo‘lgan xodimlar;
  • noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlar;
  • alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi xodimlar;
  • uch yoshga to‘lmagan bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollar.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida belgilangan ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan imtiyoz va kafolatlarga muvofiq, qo‘shningizga qisqartirilgan ish vaqti belgilangan bo‘lishi mumkin.Mehnat kodeksining 117-moddasiga muvofiq, ish vaqtining haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati mehnat jarayonida sog‘lig‘iga fizikaviy, kimyoviy, biologik va ishlab chiqarishning boshqa zararli omillari ta’sir etadigan xodimlar uchun belgilanadi.

Mehnat kodeksining 118-moddasiga muvofiq, yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zo‘riqish, asab tangligi bilan bog‘liq, ya’ni alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi ayrim toifadagi xodimlar uchun (tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqalar) ish vaqtining muddati haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi. Ko‘rib turganingizdek, sizning onangiz ham mazkur belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega toifadagi ishchilar turiga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-son qarori bilan Alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi qisqartirilgan ish kuni belgilanadigan xodimlar ro‘yxati(4-ilova) tasdiqlangan.

Mehnat kodeksi (16-moddaning ikkinchi qismi) har bir xodimning sud orqali himoyalanish huquqini kafolatlaydi.
Shuningdek, Mehnat kodeksi yuqori ijtimoiy himoyaga muhtoj alohida xodimlarning mehnat sharoitini o‘zgartirishga bo‘lgan huquqlarini ham kafolatlaydi. Agar siz II guruh nogironi deb topilgan bo‘lsangiz, TMEKning tavsiyanomasiga binoan, agar bajarayotgan ishingiz sizning sog‘lig‘ingizga muvofiq bo‘lmasa, ish beruvchi sizning ish haqingizni qisqartirmasdan, qisqartirilgan ish haftasi belgilashi (haftasiga 36 soatdan ko‘p bo‘lmagan), 30 kalendar kunidan kam bo‘lmagan uzaytirilgan asosiy yillik mehnat ta’tili bilan ta’minlash, shuningdek TMEKning tavsiyasiga binoan boshqa mehnat shartlariga o‘zgartirish kiritilishini amalga oshirishga majbur.

To‘liqsiz ish vaqti bu, Mehnat kodeksining 119-moddasiga muvofiq, xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan ishga qabul qilish chog‘ida ham, keyinchalik ham to‘liqsiz ish kuni yoki to‘liqsiz ish haftasi belgilab qo‘yilishidir.

Bunda ish beruvchi Mehnat kodeksida (229-modda), shuningdek mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda xodimning iltimosiga ko‘ra to‘liqsiz ish vaqtini belgilab qo‘yishi shart. Mehnat Kodeksining 229-moddasida homilador ayolning, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron bolasi) bor ayolning, shu jumladan homiyligida shunday bolasi bor ayolning yoki oilaning betob a’zosini parvarish qilish bilan band bo‘lgan shaxsning iltimosiga ko‘ra, ish beruvchi tibbiy xulosaga muvofiq ularga to‘liqsiz ish kuni yoki to‘liqsiz ish haftasi belgilashga majburligi belgilab qo‘yilgan.

To‘liqsiz ish vaqti sharti bilan ishlash xodimning yillik asosiy mehnat ta’tilining muddatini, mehnat stajini hisoblashni hamda boshqa mehnat huquqlarini biron bir tarzda cheklashga asos bo‘lmaydi va ishlangan vaqtga yoki ishlab chiqarilgan mahsulotga mutanosib ravishda haq to‘lanadi.

Har ikkala grafikka O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida yo‘l qo‘yiladi. Mehnat kodeksining 120-moddasiga muvofiq, ish haftasi ikki kun dam olinadigan besh kunlik ish haftasi yoki bir kun dam olinadigan olti kunlik ish haftasi bo‘lishi mumkin. Ish haftasining turi va ish vaqti rejimi (kundalik ish vaqtining (smenaning) muddati, ishning boshlanish va tugash vaqti, ishdagi tanaffuslar vaqti, sutka davomidagi smenalar soni, ish kunlari hamda ishlanmaydigan kunlarning navbat bilan almashinishi, xodimlarning smenadan smenaga o‘tish tartibi) korxonada ichki mehnat tartibi qoidalari, boshqa lokal normativ hujjatlar bilan, bu hujjatlar bo‘lmaganda esa, – xodim bilan ish beruvchining kelishuviga binoan belgilanadi.

Yo‘q, ruxsat etilmaydi. Xodimni ishga ikki smena ketma-ket jalb qilish taqiqlanadi. 
Xodimni tungi vaqtda ishga jalb qilish Mehnat kodeksida belgilangan cheklovlarga amal qilingan holdagina amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, smenali ish mehnat kodeksining 123-moddasiga asosan jamlab hisobga olinadi. Bunda hisobga olinadigan davr 1 yildan, kundalik ish vaqti 12 soatdan ortib ketmasligi kerak. Ish smenasining muddati 12 soatdan iborat bo‘lganda, shuningdek, mehnat sharoiti o‘ta og‘ir va o‘ta zararli va o‘ta zararli ishlarda ish vaqtidan tashqari ishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.

Albatta mumkin. Mehnat kodeksining 121-moddasiga muvofiq bu ish beruvchining majburiyati hisoblanadi: “Bayram (ishlanmaydigan) kunlari (131-modda) arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi”.

Mehnat kodeksining122-moddasiga muvofiq, soat 22-00 dan 6-00 gacha bo‘lgan vaqt tungi ish vaqti hisoblanadi. Agar xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatining kamida yarmi tungi vaqtga to‘g‘ri kelsa, tungi ish vaqti muddati bir soatga, ish haftasi muddati ham shunga muvofiq ravishda qisqartiriladi.

Yo‘q, hisoblanmaydi. Ish vaqtidan tashqari ish faqatgina xodimning roziligi bilan qo‘llanilishi mumkinligiga qaramay, Mehnat kodeksining 124-moddasiga muvofiq ish smenasining muddati o‘n ikki soatdan iborat bo‘lganda, shuningdek mehnat sharoiti o‘ta og‘ir va o‘ta zararli ishlarda ish vaqtidan tashqari ishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.

Mehnat kodeksining 125-moddasiga muvofiq, ish vaqtidan tashqari ishning muddati har bir xodim uchun surunkasiga ikki kun davomida to‘rt soatdan (mehnat sharoiti og‘ir va zararli ishlarda – bir kunda ikki soatdan) va yiliga bir yuz yigirma soatdan ortiq bo‘lmasligi lozim.

Noto‘g‘ri, Mehnat kodeksining 125-moddasiga muvofiq ish beruvchi har bir xodimning haqiqatda ishlagan ish vaqtini, shu jumladan ish vaqtidan tashqari ishlagan vaqtini o‘z vaqtida aniq hisobga olib borishi shart. Xisobga olib borish xar xil usulda belgilangan bulishi mumkin. Buni ichki mexnat tartib koidalarda belgilash lozim. Masalan, korxonaga turniket kuyilib, elektron kirish- chikish tartibini yoki jurnal yuritish, tabel yuritish va boshka usullarni joriy kilish orkali xodimlarni xakikatda ishlagan vaktining xisobi yuritiladi.