Call-Markaz
On-line Maslahatchi
Bizni topish
Savollar va javoblar
Yangiliklarga obuna
Sayt bo‘yicha qo‘llanma
Mehnat shartnomasi

Mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo‘ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan (Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-son qarori) shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir. Mehnat kodeksining 82-moddasiga muvofiq ishga qabul qilish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo‘ladi.

Mehnat shartnomasi – mehnat munosabatlariga kirish uchun asos hisoblanadi. Mehnat shartnomasini tuzar ekansiz mehnat qonunchiligi hamda korxonaning lokal hujjatlarda nazarda tutilgan huquqlarga ega bo‘lasiz. Bu huquqlarga:

  • qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lmagan miqdordagi ish haqini Mehnat kodeksida nazarda tutilgan muddatlarda olish huquqi;
  • mehnat haqidan ushlab qolishga nisbatan cheklov;
  • ish vaqti davomiyligining cheklanganligi;
  • haftalik dam olish kunlari, bayram (ishlanmaydigan) kunlari, yillik pul to‘lanadigan ta’tillarga ega bo‘lishi;
  • kafolatli to‘lovlar va kompensatsiya to‘lovlarni olish;
  • kasaba uyushmalari va xodimlarning huquqlarini himoya qiladigan boshqa tashkilotlarga birlashish;
  • o‘z huquqlarini mehnat nizolarida himoya qilish, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini olish;
  • yil davomidagi mehnati natijalariga ko‘ra mukofot, taqdirlash va korxonaning lokal hujjatlarida nazarda tutilan boshqa to‘lovlarni olish va boshqalar.
  • Mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlangan davr mehnat daftarchasidagi kiritilgan yozuvlar asosida mehnat stajiga kiritiladi.


Mehnat kodeksining 74-moddasi birinchi qismiga ko‘ra, mehnat shartnomasi yozma shaklda tuzilishiga e’tibor qaratilishi lozim. Bu talab umumiy bo‘lib, istisnolar mavjud emas.

Sizning o‘g‘lingizni ishga qabul qilish paytida huquqbuzarlikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi ehtimoli bor.

Ishga qabul qilish jarayonini shartli ravishda uchta bosqichga bo‘lish mumkin:

  • ishga qabul qilish paytidagi tanishtiruv jarayoni;
  • mehnat shartnomasini tuzish;
  • ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqni chiqarish;

Qonunchilikda ishga kirayotganlar va ish beruvchilarga aniq huquqlar kafolatlangan hamda ularga mehnat munosabatlari boshlangunga qadar ham tegishli majburiyatlar yuklangan.

Shunday qilib, ishga qabul qilish tartibi bu ishga kiruvchi va ish beruvchining ixtiyoriy harakatlari emas, balki qonunchilik bilan belgilangan muomala qoidalaridir.

Ishga qabul qilishning asosiy va eng muhim bosqichi bu mehnat shartnomasini tuzish, ya’ni xodim va ish beruvchining barcha shartlar bo‘yicha kelishuvga erishishi hisoblanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, tomonlar kelishuvning barcha zarur va qo‘shimcha shartlari bo‘yicha kelishmagunlaricha mehnat shartnomasi tuzilmaydi. Xodim va ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi lozim darajada rasmiylashtirilishi hamda xodim va ish beruvchi tomonidan imzolanishi lozim.

Tuzilgan mehnat shartnomasi asosida xodimni ishga qabul qilish haqidagi buyruqni chiqarish, shuningdek, xodimni u bilan tanishtirish ishga qabul qilish jarayonini tamomlaydi.

Shu sababli, sizning o‘g‘lingiz sinov muddatini o‘tayotgan bo‘lgan taqdirda ham u mehnat shartnomasini tuzgan bo‘lishi va ishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyruqni tanishib imzolagan bo‘lishi lozim edi. Mehnat kodeksining 82-moddasi muvofiq, ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan yoki uning ijozati bilan xodimga haqiqatda ishlashga ruxsat etilgan bo‘lsa, ishga qabul qilish tegishli ravishda rasmiylashtirilgan yoki rasmiylashtirilmaganidan qat’iy nazar, ish boshlangan kundan e’tiboran mehnat shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi.

Albatta, siz bunday huquqga egasiz. Biroq, shuni nazarda tutish lozimki, Mehnat kodeksi 73-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, mehnat shartnomasi muayyan muddatga tuzilganda, uning amal qilish muddati mehnat shartnomasi tomonlarining kelishuviga binoan, ya’ni xodim va ish beruvchining o‘zaro roziligi bilan belgilanadi. Siz o‘zingiz istagan muddatni taklif qilishingiz mumkin, lekin natijada muddat ish beruvchining fikrini inobatga olib belgilanadi.

Muddatsiz mehnat shartnomasini tuzishga kelsak, shuni ta’kidlash kerakki, Mehnat kodeksining 75-moddasiga ko‘ra mehnat shartnomalari:

  • nomuayyan muddatga;
  • besh yildan ortiq bo‘lmagan muayyan muddatga;
  • muayyan ishni bajarish vaqtiga mo‘ljallab tuzilishi mumkin.

Shu bilan birga, Mehnat kodeksining 76-moddasida ish beruvchining muddatli mehnat shartnomasi tuzish huquqi quyidagi tarzda cheklangan:

Muddatli mehnat shartnomalari:

  • bajarilajak ishning xususiyati, uni bajarish shartlari yoki xodimning manfaatlarini hisobga olgan tarzda, nomuayyan muddatga mo‘ljallangan mehnat shartnomalarini tuzish mumkin bo‘lmagan hollarda;
  • korxona rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi bo‘lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini bajaruvchi xodim bilan;
  • qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda tuzilishi mumkin.

Shunday qilib, siz korxona rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi bo‘lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini bajaruvchi xodim bo‘lmasangiz ish beruvchi siz bilan muddatli mehnat shartnomasini tuzish aynan sizning manfaatlarini hisobga olgan holda, tuzilayotganligini yoki mehnat shartnomasini nomuayyan tuzishning texnik jihatdan imkoniyati yo‘qligi isbotlab berishi zarur.

Yo‘q. Mehnat kodeksining 75-moddasiga ko‘ra mehnat shartnomalari:

  • nomuayyan muddatga;
  • besh yildan ortiq bo‘lmagan muayyan muddatga;
  • muayyan ishni bajarish vaqtiga mo‘ljallab tuzilishi mumkin.

Agar Sizning mehnat shartnomangizda uning amal qilish muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan, deb hisoblanadi.

Mehnat shartnomasini nomuayyan muddatga tuzilishi siz doimiy muddatga ishga qabul qilinganingizni anglatadi va siz bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddat tugaganligi sababli bekor bo‘lmaydi.

Qayd etilishi kerak. Mehnat kodeksining 81-moddasi uchinchi qismiga ko‘ra, ish beruvchi mehnat daftarchasiga ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga o‘tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yozishi shart. O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 29.01.1998 yilda 402-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ning 2.12-bandi asosida mehnat daftarchasiga tegishli yozuvlar kiritiladi.

Ha, imzolashingiz mumkin. Mehnat kodeksining 82-moddasi birinchi qismiga ko‘ra, ishga qabul qilish ish beruvchining buyrug‘ini chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo‘ladi. Shunday qilib, avval mehnat shartnomasi tuziladi va shundan keyin buyruq chiqariladi. Buyruq mazmunidan xavotir olmang. Mehnat kodeksining 82-moddasi to‘rtinchi qismiga ko‘ra, ishga qabul qilish haqidagi buyruq tuzilgan mehnat shartnomasining mazmuniga to‘la muvofiq ravishda chiqariladi.

Ha, bu sizning shaxsiy huquqingiz. Har bir shaxs o‘rindoshlik asosida ishlaydimi yoki yo‘qmi o‘zi hal qiladi. Aftidan sizni repetitor yoki o‘qituvchi sifatida ishga taklif qilgan tashkilot hali ham avval amalda bo‘lgan qonunchilik asosida ish ko‘rayotganga o‘xshaydi.

O‘rindoshlik asosida asosiy ish joyi bo‘lmagan korxonaga ishga qabul qilinayotgan xodim faqat ishga qabul qilinishda talab etiladigan hujjatlarni taqdim etadi. Mehnat daftarchasi hamda harbiy xizmatga bo‘lgan munosabat haqidagi hujjat bundan mustasno, chunki bu hujjatlar asosiy ish joyida yuritiladi.

Ish beruvchi xodim haqiqatan ham tashqi o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilinayotganligiga ishonch hosil qilishi uchun ishga qabul qilinayotgan shaxsdan uning mehnat daftarchasi saqlanayotgan hamda harbiy hisobi yuritilayotgan asosiy ish joyi borligini tasdiqlovchi hujjatni talab qilishi lozim. Qonunchilikka muvofiq (Mehnat kodeksining 80-moddasi, Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomaning (Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 29 yanvarda 402-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) 1.5-bandi) bunday hujjat – asosiy ish joyidan ma’lumotnoma hisoblanadi.

Ushbu ma’lumotnomani avvallari talab qilinadigan asosiy ish joyidan ruxsatnoma bilan adashtirishmaslik lozim. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktyabrdagi 297-son “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasb va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan tasdiqlangan nizomning 6 bandi 2 qismiga asosan o‘rindoshlik asosida ishga kirishda asosiy ish joyi yoki boshqa organning roziligi talab qilinmasligi ko‘rsatilgan.

Mehnat kodeksining 80-moddasiga ko‘ra ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida ko‘rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

Ish beruvchi oliy ta’lim muassasasini tamomlaganlik haqidagi hujjatning asl nusxasini talab qilishga haqqi bor. Bu Mehnat kodeksining 80-moddasida nazarda tutilgan. Undagi ishga qabul qilish vaqtida talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxatida oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom haqida so‘z yuritilgan. Aftidan Sizning yangi rahbaringiz xodimlarning shaxsiy jildlarini qayta ko‘rib chiqib, zarur hujjatlarning asli bor yoki yo‘qligiga qiziqayotgan bo‘lsa kerak. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 35-moddasida har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi shart. Siz diplom dublikatini olish uchun uni bergan tashkilotga yoki uning huquqiy ofisiga, mazkur tashkilot qayta tashkil etilgan bo‘lsa murojaat etishingiz mumkin. Sizga asossiz rad etgan taqdirda, oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat berilganlik faktini aniqlash uchun sudga murojaat qilishingiz mumkin. Diplom yo‘qolganligini tasdiqlash uchun hujjatning kseronusxasini hamda yong‘in haqidagi ma’lumotnomani taqdim qilish mumkin. Sudning ijobiy qarori chiqqanidan so‘ng oliy ta’lim muassasasi sizga diplomning dublikatini berishga majbur bo‘ladi.

Yo‘q, noto‘g‘ri. Mehnat kodeksining 74-moddasi uchinchi qismiga ko‘ra mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo‘lgan kamida ikki nusxada tuziladi va har bir tarafga saqlash uchun topshiriladi.

Ushbu holatda sizning ish beruvchingiz nohaq va u O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligini buzmoqda. Xususan, Mehnat kodeksining 81-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra ish beruvchi korxonada besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlarga mehnat daftarchasini tutishi shart, o‘rindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasno.
Huddi shunday ish beruvchi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgan 29.01.1998 yildan “Mehnat daftarchasini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi 402-sonli yo‘riqnoma talablariga zid xarakat qilmoqda. Bu borada Davlat mehnat xuquq inspektorlariga murojaat etish joiz.* 
* Davlat mehnat huquq inspektorlarining manzillari va telefon raqamlari ---- betda ko‘rsatilgan.

Ha, siz mehnat shartnomasini ma’lum bir muddatga qadar oldindan tuzib qo‘yishingiz mumkin, bunga qonunchilikda hech qanday cheklov yo‘q. Shu sababli, siz ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarining boshlanish muddatlarini, masalan 1 fevralni ko‘rsatib mehnat shartnomasini tuzishingiz mumkin. Bundan tashqari, boshqa yo‘li ham bor. Siz yangi yildan mehnat shartnomasini rasmiylashtirib olib, ish beruvchi bilan kelishgan holda 15 yanvardan o‘z hisobingizdan ta’tilga chiqishingiz mumkin. Mehnat kodeksining 83-moddasiga ko‘ra qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi u imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi. Siz xodim sifatida shartnomada belgilab qo‘yilgan kundan boshlab o‘zingizning mehnat vazifalarini bajarishga kirishishingiz lozim bo‘ladi.

Siz ishga chiqishingiz lozim. Mehnat kodeksining 83-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra agar mehnat shartnomasida ishning boshlanish kuni haqida shartlashilmagan bo‘lsa, xodim mehnat shartnomasi imzolangan ish kunining (smenaning) ertasidan kechikmay ishga tushmog‘i lozim.

Afsuski haqqingiz yo‘q. Mehnat kodeksining 77-moddasiga ko‘ra ishga qabul qilishga o‘n olti yoshdan yo‘l qo‘yiladi. Bunga ko‘ra siz o‘n olti yoshga to‘lganingizdan keyin mustaqil ravishda boshqalarning ruxsatisiz ishga kirishga haqqingiz bo‘ladi. 
Biroq, bir yildan keyin sizda ishga joylashish imkoni paydo bo‘ladi. Mehnat kodeksi 77-moddasining ikkinchi qismi umumiy qoidadan istisno holatini nazarda tutib, o‘n besh yoshga to‘lgan o‘smirlarni ishga qabul qilish imkoniyatini nazarda tutadi. Bunga faqat quyidagi shartlarga rioya qilinganda yo‘l qo‘yiladi:
• siz umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining o‘quvchisi bo‘lishingiz;
• sizning sog‘lig‘ingiz hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishingizga ziyon yetkazmaydigan yengil ishga qabul qilinishingiz;
• siz qabul qininayotgan ish ta’lim olish jarayonini buzmaydigan bo‘lishi va o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi;
• ota-onangizdan birining yozma roziligi bo‘lishi lozim.
Shuni ta’kidlash kerakki, o‘n besh yoshlik o‘spirinni ishga qabul qilish faqat yuqorida sanab o‘tilgan shartlarning barchasiga rioya qilinganda qonuniy hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining ushbu qoidalari mamlakatimiz ratifikatsiya qilgan Xalqaro mehnat tashkilotining (XMT) “Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risida”gi 138-son hamda “Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risida”gi 182-son Konvensiyalari bilan uzviy bog‘liq.