Call-Markaz
On-line Maslahatchi
Bizni topish
Savollar va javoblar
Yangiliklarga obuna
Sayt bo‘yicha qo‘llanma
Jamoa shartnoma va kelishuvlari

Mehnat kodeksining 29-moddasiga muvofiq jamoa shartnomasi – korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatdir. U ish beruvchi bilan xodimlarning vakillik organi o‘rtasida o‘zaro kelishib olishga qaratilgan shartnoma hisoblanadi.

Albatta, tatbiq qilinadi. Jamoa shartnomasi ish beruvchiga va mazkur korxonaning barcha xodimlariga, shu jumladan, jamoa shartnomasi kuchga kirganidan keyin ishga qabul qilingan shaxslarga ham tatbiq etiladi.
Mehnat kodeksining 29-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq jamoa shartnomasi – korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatdir.
Siz o‘zingizning shaxsiy mehnatga oid huquq va majburiyatlaringizga taalluqli bo‘lgan mehnat shartnomasini imzolaysiz. 
Ish beruvchi bilan jamoa shartnomasini tuzish zarurligi haqida qaror qabul qilish huquqiga kasaba uyushmasi o‘z vakillik organi orqali, xodimlar tomonidan vakolat berilgan boshqa vakillik organi yoki bevosita mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi) ega. Jamoa shartnomasi, basharti uni umumiy yig‘ilishda (konferensiyada) ishtirok etayotganlarning ellik foizidan ko‘prog‘i yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, ma’qullangan hisoblanadi.
Umumiy yig‘ilishda (konferensiyada) ma’qullanganidan keyin taraflarning vakillari jamoa shartnomasini uch kun ichida imzolaydilar. Shunday qilib, jamoa shartnomasi har bir xodim tomonidan emas, balki ish beruvchi xodimlarning vakillari tomonidan imzolanadi. 
Jamoa shartnomasi ish beruvchiga va mazkur korxonaning barcha xodimlariga, shu jumladan, jamoa shartnomasi kuchga kirganidan keyin ishga qabul qilingan shaxslarga ham tatbiq etiladi. Sizning jamoa shartnomasini mazmuni bilan tanishishga va uning qoidalariga rioya qilinishini talab qilishga to‘liq haqqingiz bor.

Bunday holatda bu hujjat jamoa shartnomasi deb nomlanadi. Mehnat kodeksining 29-moddasiga ko‘ra jamoa kelishuvi – muayyan kasb, tarmoq, hudud xodimlari uchun mehnat shartlari, ish bilan ta’minlash va ijtimoiy kafolatlar belgilash borasidagi majburiyatlarni o‘z ichiga oluvchi normativ hujjatdir.

Mehnat kodeksining 31-moddasiga muvofiq har qaysi taraf jamoa shartnomasi, kelishuvini tuzish va o‘zgartirish yuzasidan muzokaralar olib borish tashabbusi bilan chiqishga haqlidir. Mehnat kodeksining 177-moddasi 1-qismiga asosan ish beruvchi Mehnat kodeksiga muvofiq jamoa shartnomasini tuzishi shart. Shu bilan birga, jamoa shartnomasini tuzish ham ish beruvchi uchun ham mehnat jamoasi uchun maqsadga muvofiq, chunki u qonunchilikda aks ettirilmagan bir qator masalalarni tartibga solish imkonini beradi.

Direktorning harakati qonunga zid. Mehnat kodeksining 31-moddasi to‘rtinchi va beshinchi qismlariga muvofiq ish beruvchilar, ijro etuvchi hokimiyat organlari kasaba uyushmalari yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari ko‘rib chiqish uchun taklif etgan mehnatga oid va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan muzokaralar olib borishga majburdirlar.

Tegishli yozma xabar olgan taraf yetti kunlik muhlat ichida muzokaralarga kirishishi shart.

Mehnat kodeksining 34-moddasi birinchi qismiga muvofiq, ish beruvchining manfaatlarini ifoda etuvchi shaxslar jamoa shartnomasi, kelishuvini tuzish, o‘zgartirish yoki to‘ldirish yuzasidan olib borilayotgan muzokaralarda qatnashishdan bo‘yin tovlaganlik yoki ularni ishlab chiqish va tuzish muddatini buzganlik yoxud taraflar belgilagan muddatda tegishli komissiyaning ishini ta’minlamaganlik uchun javobgar bo‘ladilar.

Yo‘q, shart emas. Mehnat kodeksining 35-moddasiga muvofiq, ish beruvchi bilan jamoa shartnomasini tuzish zarurligi haqida qaror qabul qilish huquqiga kasaba uyushmasi o‘z vakillik organi orqali, xodimlar tomonidan vakolat berilgan boshqa vakillik organi yoki bevosita mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi) ega.

Mehnat kodeksining 37-moddasiga muvofiq jamoa shartnomasida korxonaning iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda, boshqa shartlar, shu jumladan, qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan normalar va qoidalarda ko‘rsatilganiga qaraganda imtiyozliroq mehnat shartlari va ijtimoiy-iqtisodiy shartlar (qo‘shimcha ta’tillar, pensiyalarga tayinlanadigan ustamalar, muddatdan ilgari pensiyaga chiqish, transport va xizmat safari xarajatlari uchun kompensatsiyalar, xodimlarni ishlab chiqarishda hamda ularning bolalarini maktabda va maktabgacha tarbiya muassasalarida tekin yoki qisman haq to‘lanadigan tarzda ovqatlantirish, boshqa qo‘shimcha imtiyoz va kompensatsiyalar) ham kiritilishi mumkin.

Jamoa shartnomasini tuzishdan birinchi navbatda xodimlar va ularning vakillik organlari manfaatdordirlar. Jamoa shartnomasi har bir xodim bilan bog‘liq bo‘lgan muhim masalalarni tartibga solish imkonini beradi. Xususan, Mehnat kodeksining 37-moddasi jamoa shartnomasining mazmuni va tuzilishini taraflar belgilashini nazarda tutadi.

Jamoa shartnomasiga ish beruvchi va xodimlarning quyidagi masalalar bo‘yicha o‘zaro majburiyatlari kiritilishi mumkin:

  • mehnatga haq to‘lash shakli, tizimi va miqdori, pul mukofotlari, nafaqalar, kompensatsiyalar, qo‘shimcha to‘lovlar;
  • narxlarning o‘zgarib borishi, inflyatsiya darajasi, jamoa shartnomasi bilan belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishiga qarab mehnatga haq to‘lashni tartibga solish mexanizmi;
  • xodimlarni ish bilan ta’minlash, qayta o‘qitish, ishdan bo‘shatib olish shartlari;
  • ish vaqti va dam olish vaqti, mehnat ta’tillarining muddatlari;
  • xodimlarning, shu jumladan ayollar va o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnat sharoitlari va mehnat muhofazasini yaxshilash, ekologiya jihatidan xavfsizlikni ta’minlash;
  • korxonani va idoraga qarashli turar joyni xususiylashtirish vaqtida xodimlarning manfaatlariga rioya qilish;
  • ishni ta’lim bilan qo‘shib olib boruvchi xodimlar uchun imtiyozlar;
  • ixtiyoriy va majburiy tarzdagi tibbiy hamda ijtimoiy sug‘urta;
  • ish beruvchi tomonidan o‘z xodimlarining shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob varaqlariga qo‘shimcha badallar kiritish miqdorlari va muddatlari;
  • jamoa shartnomasining bajarilishini tekshirib borish, taraflarning javobgarligi, ijtimoiy sheriklik, kasaba uyushmalari, xodimlarning boshqa vakillik organlariga faoliyat ko‘rsatish uchun tegishli sharoit yaratib berish.

Shu bilan birga, mazkur moddaga ko‘ra, jamoa shartnomasida korxonaning iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda, boshqa shartlar, shu jumlada, qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan normalar va qoidalarda ko‘rsatilganiga qaraganda imtiyozliroq mehnat shartlari va ijtimoiy-iqtisodiy shartlar (qo‘shimcha ta’tillar, pensiyalarga tayinlanadigan ustamalar, muddatdan ilgari pensiyaga chiqish, transport va xizmat safari xarajatlari uchun kompensatsiyalar, xodimlarni ishlab chiqarishda hamda ularning bolalarini maktabda va maktabgacha tarbiya muassasalarida tekin yoki qisman haq to‘lanadigan tarzda ovqatlantirish, boshqa qo‘shimcha imtiyoz va kompensatsiyalar) ham kiritilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan 2008 yil 29-30 dekabrda kelishilgan tartibda jamoa shartnomasini tuzish haqida tavsiyalar ishlab chiqilgan. Mazkur tavsiyadan amalda foydalanish mumkin.

Mehnat kodeksining 39-moddasiga ko‘ra, mehnat jamoasining yig‘ilishi, basharti unda xodimlarning yarmidan ko‘prog‘i ishtirok etgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Mehnat jamoasining konferensiyasi, basharti unda delegatlarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Shu bilan birga, shuni nazarda tutish kerakki, Mehnat kodeksining 38-moddasiga ko‘ra, jamoa shartnomasining loyihasi korxonaning bo‘linmalarida xodimlar tomonidan muhokama qilinishi kerak va u bildirilgan fikr va takliflar hisobga olingan holda ishlab takomiliga yetkaziladi. Ishlab takomiliga yetkazilgan loyiha mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi) muhokamasiga qo‘yiladi.

Ha, mumkin. Mehnat kodeksining 44-moddasiga asosan, korxona mol-mulkining egasi o‘zgarganda jamoa shartnomasi o‘z kuchini olti oy mobaynida saqlab qoladi.
Bu davrda taraflar yangi jamoa shartnomasini tuzish yoki amaldagisini saqlab qolish, o‘zgartirish va to‘ldirish haqida muzokaralar boshlashga haqli.
Jamoa shartnomasi qayta ko‘rib chiqilayotganida avvalgi jamoa shartnomasida xodimlar uchun nazarda tutilgan imtiyozlarni saqlab qolish va boshqa shartlarni bajarish mumkinligi to‘g‘risidagi masala hal etilishi kerak.

“Ijtimoiy korxonalar” tushunchasi qonunchilikda ko‘rsatib o‘tilmaganligi bois ushbu korxonalar uchun mo‘ljallangan maxsus jamoa shartnomalarining shakllari nazarda tutilmagan. Lekin, korxona o‘zining moliyaviy imkoniyati va ustavidan kelib chiqqan holda, qonunchilik doirasida xodimlar va mijozlarga nisbatan ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishlarini mustaqil ravishda ishlab chiqishga haqli.

Ha mavjud. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari aniq bir korxonaning mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq bo‘lishiga qarmasdan, ular qonunchilikda belgilangan prinsiplarga asoslanadi. Bu prinsplarga quyidagilar kiradi:

  • qonun hujjatlari normalariga amal qilish;
  • taraflar vakillarining vakolatliligi;
  • taraflarning teng huquqliligi;
  • jamoa shartnomalari, kelishuvlari mazmunini tashkil etuvchi masalalarni tanlash va muhokama erkinligi;
  • majburiyatlar olishning ixtiyoriyligi;
  • olinayotgan majburiyatlarning haqiqatda bajarilishini ta’minlash;
  • tekshirib borishning muntazamligi;
  • javobgarlikning muqarrarligi.

Ha bo‘ladi, lekin bu uchun jamoa muzokaralari olib borish zarur.

Jamoa muzokaralari xodimlar va ish beruvchilarlarning vakillari tomonidan jamoa shartnomasini tuzish va o‘zgartirish maqsadida olib boriladi. Siz kiritilishi lozim deb hisoblayotgan o‘zgartirishlar mehnatga oid munosabatlarni shartnomaviy tartibga solishga ko‘maklashishi, shuningdek, xodimlar va ish beruvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan bo‘lishi lozim.

Ha, albatta. Jamoa shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishini taraflarning vakillari, mehnat jamoasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tegishli organlari tekshirib boradilar.

Jamoa shartnomasini imzolagan shaxslar har yili yoki shartnomaning o‘zida maxsus ko‘rsatilgan muddatlarda majburiyatlarning bajarilishi haqida mehnat jamoasining umumiy majlisida (konferensiyasida) hisobot berib turadilar.

Tekshirish olib borish vaqtida taraflar o‘zlaridagi buning uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.

Ish beruvchining jamoa shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarini bajarilmasligida aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilishlari mumkin. Bundan tashqari, yuqorida sanab o‘tilgan qoidabuzishlar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik sifatida baholanishi mumkinligi sababli, mazkur shaxslar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasiga muvofiq ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Shuni ta’kidlash kerakki, ish beruvchi tomonidan jamoa shartnomasining ba’zi shartlarini bajarmaslik korxonaga nisbatan moliyaviy jarimalarni qo‘llanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Mehnat kodeksi 161-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq, jamoa shartnomasida ish beruvchining aybi bilan xodimga haq to‘lash belgilangan muddatlarga nisbatan kechikkanligi uchun javobgarlik nazarda tutilishi mumkin. Agar jamoa shartnomasida xodimga ish haqini to‘lashni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi nazarda tutilgan bo‘lsa, bunday kechiktirish xodimlarga qo‘shimcha to‘lov to‘lanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda ish haqini to‘lanishini kechiktirilishiga aybdor bo‘lgan mansabdor shaxs o‘zining o‘rtacha oylik ish haqi doirasida moddiy javobgarlikka tortilishi mumkin.