Call-Markaz
On-line Maslahatchi
Bizni topish
Savollar va javoblar
Yangiliklarga obuna
Sayt bo‘yicha qo‘llanma
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish tartibi to‘g‘risida ma’lumot

Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish tartibi to‘g‘risida

NIZO

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom «O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida»gi (yangi tahriri) O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2007 yil 6 apreldagi PQ-616-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish tartibini belgilaydi.

2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanadi:

ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish — ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun o‘z mablag‘lari hisobiga tashkil etilgan ish o‘rinlarini tashkilot (ish beruvchi) tomonidan ajratish;

band qilib qo‘yilgan ish o‘rinlari — ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tashkilot xodimlarining ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha soniga nisbatan foizlar hisobidagi ish o‘rinlarining eng kam soni.

3. Aholi bandligiga ko‘maklashish maqsadida korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga (keyingi o‘rinlarda tashkilot deb ataladi) ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish o‘rinlarining eng kam soni belgilanadi (band qilib qo‘yiladi).

Ushbu toifaga quyidagilar kiradi:

yolg‘iz ota, yolg‘iz ona hamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor ko‘p bolali ota-onalar;

ta’lim muassasalarini tugatgan yoshlar;

muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar;

nogironlar;

bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazlarida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar;

jazoni o‘tash muassasalaridan bo‘shatilgan, jazoni o‘tayotgan yoki sud qaroriga ko‘ra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar ko‘rilgan shaxslar.

Mehnat bozorida vujudga kelgan vaziyatni hisobga olgan holda mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazi tavsiyasiga ko‘ra ish o‘rinlari ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan fuqarolarning boshqa toifalari uchun ham, shu jumladan safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilgan shaxslar, kichik yoshli bolalari bo‘lgan ishlamayotgan ayollar, atrofdagilar uchun xavfli bo‘lmagan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan og‘riyotgan shaxslar uchun ham band qilib qo‘yilishi mumkin.

 

batafsil...