Call-Markaz
On-line Maslahatchi
Bizni topish
Savollar va javoblar
Yangiliklarga obuna
Sayt bo‘yicha qo‘llanma
Fuqarolarni ishsiz sifatida ro‘yhatga olish va ularni ishga joylashtirish to‘g‘risida ma’lumot

MEHNAT BO‘LIMLARIDA FUQAROLARNI ISHSIZ SIFATIDA RO‘YHATGA OLISh VA ULARNI ISHGA JOYLAShTIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA

N I Z O M

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida» gi Qonunga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida mehnat bo‘limlariga ish qidirib murojaat qilgan fuqarolarni ro‘yhatga olish va ishga joylashtirish hamda ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo‘lmagan shaxslarni ishsiz deb e’tirof etish, ularga nafaqalar tayinlash va to‘lashning yagona tartibini belgilab beradi.

                                                                         I. UMUMIY QOIDALAR

1. Ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo‘lmagan hamda ish bilan ta’minlangan, biroq ish o‘rnini, kasbini o‘zgartirish istagini bildirgan shaxslar davlat tomonidan kafolatlangan, mazkur Nizom tomonidan belgilab berilgan tartibda, mehnat bo‘limlarining ko‘maklashuvida ishga joylashish, kasbiy maslahatlar olish, kasbiy tayyorgarlik va qayta tayyorgarlik, malaka oshirish, axborotlar olish va ijtimoiy-quvvatlanish huquqiga egadirlar.

2. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy istiqomat qilayotgan chet ellik fuqarolar va fuqarolikka ega bo‘lmagan shaxslarga nisbatan o‘z kuchiga egadir.

3. Mehnat bo‘limlari ishsiz fuqarolarga axborotlar, maslahatlar berib borish, ishga joylashtirish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va ijtimoiy qo‘llab - quvvatlash bo‘yicha bepul xizmatlar ko‘rsatadilar.

4. Fuqarolarga mehnat bo‘limlari tomonidan xizmatlar ko‘rsatishning asosiy shartlaridan biri - ularning tuman (shahar) mehnat, axolini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish bo‘limi (bundan keyin mehnat bo‘limi)ga ushbu Nizomda belgilangan tartibda ro‘yhatga olinish uchun murojaat qilishlaridir.

Ushbu Nizomda belgilangan ayrim hollarda ish bilan ta’minlanmagan aholini hisobga olish - ularning mehnat bo‘limlariga bevosita murojaatisiz amalga oshirilishi mumkin.

5. Fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yhatga olishni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining hududlariga biriktirilgan mehnat bo‘limlarining xodimlari, bevosita mehnat bo‘limida esa - mansab vazifalariga ish bilan ta’minlanmagan va ishsiz aholini ro‘yhatga olish va hisobini olish vazifalari yuklangan mehnat bo‘limi mutaxassislari amalga oshiradilar.

batafsil...