Call-Markaz
On-line Maslahatchi
Bizni topish
Savollar va javoblar
Yangiliklarga obuna
Sayt bo‘yicha qo‘llanma
Ishsizlar va ish izlovchilar uchun

Har birimiz o‘z ixtiyorimizga ko‘ra ish joyi tanlash va tanlagan ish yerimiz bo‘lmish tashkilot, muassasa, yakka tartibdagi dehqon (fermer) xo‘jaligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish yoki hech qanday to‘lovlarsiz yordam beruvchi Davlat bandlik xizmatlari (Bandlikka ko‘maklashuvchi markaz)dan foydalanish huquqiga egamiz. Ish izlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Bandlikka ko‘maklashish markazlari yurtimizning barcha hudud, shahar va tumanlari bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlarni jamlab, har oyda ish.mehnat.uz veb saytida e’lon qilib bormoqda. Saytda 5000 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot mavjud. Saytning Interaktiv xizmatlar bo‘limi orqali o‘zingizga mos lavozimga taklif olishingiz va ishga joylashishda yordam olishingiz mumkin. Hatto o‘rindoshlik asosida ham ish boshlashingiz mumkin. Shuningdek, siz saytga o‘z ma’lumotnoma(rezyume)ngizni joylashtirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri korxona-tashkilotlarga jo‘natishingiz imkoniyatiga egasiz. Ish qidirish jarayonini yanada qulaylashtirish maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari hudud, shahar va tumanlar bo‘yicha kiritilgan. Ishga joylashish bo‘yicha shaxsiy yordamchi o‘zingizga mos bo‘lgan ishni topishda yordam beradi.

Axborot xizmatlari bo‘limida murojaat yo‘llashingiz va kerakli ma’lumot olishingiz mumkin. Bandlik xizmatlarining umumiy xaritasida Mehnat vazirligining barcha hududiy bo‘linmalarining murojaat ma’lumotlari berilgan.



Ochiq ma’lumotlar bo‘limida mehnat bozoridagi holatlar va boshqa masalalarga oid ma’lumotlar kiritilgan.