Call-Markaz
On-line Maslahatchi
Bizni topish
Savollar va javoblar
Yangiliklarga obuna
Sayt bo‘yicha qo‘llanma
Ish beruvchilar va xodimlarga

Ish beruvchilarga

Ish beruvchi sifatida siz mehnat qonunchiligida ko‘zda tutilgan talablar asosida xodimingizga yetarli shart-sharoit yaratib berishda mas’ulsiz. Biz bu borada, sizga mehnat sohasidagi qonunchilikni tanishtirish va aniq hisob-kitoblarni yuritishda ko‘maklashishga tayyormiz. Axborot xizmatlari bo‘limida mehnat va bandlikka oid qonunlarni qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar olishingiz, Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatni rag‘batlantirish, tuman shart-sharoitlari bo‘yicha haq to‘lash o‘lchovlari, shuningdek, Ish soatini belgilash bo‘yicha tavsiya etilgan hisob-kitoblardan foydalanishingiz mumkin.

Xodimlarga

Siz mehnat shartnomasini imzolagan kuningizdan e’tiboran sizning mehnat huquqlaringiz davlat himoyasida ekanligini unutmang. Siz bu borada qanday huquqlarga ega ekanligingizni “Mehnat huquqi: savol va javoblar” qo‘llanmasi orqali bilib olishingiz mumkin.

Interaktiv xizmatlar bo‘limida, shuningdek, ish haqidan ushlab qolingan mablag‘lar bo‘yicha yordam olishingiz, mehnat haq-huquqlaringizga nisbatan adolatsizlik qilingan bo‘lsa, mehnat huquqi inspeksiyasi himoyasidan foydalashingiz mumkin.

Axborot xizmatlari bo‘limida aholi bandligi va mehnat qonunchiligining qo‘llanish tartibi bo‘yicha ma’lumotlar olishingiz mumkin.