Call-Markaz
On-line Maslahatchi
Bizni topish
Savollar va javoblar
Yangiliklarga obuna
Sayt bo‘yicha qo‘llanma
Kasbiy ta’lim va aholining ishsiz qatlamini qayta tayyorlash

Bandlikka ko‘maklashish markazlarida ish izlovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tganlar, bepul kasbiy maslahat, tayyorlov va qayta tayyorlov bo‘yicha shuningdek, ish joyi, lavozimlar, ish tartibi bo‘yicha ma’lumot olish huquqiga egadirlar. Shu bois Saytning Interaktiv xizmatlar bo‘limida “Ish izlovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish” xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

Ish izlovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar quyidagi holatlarda bepul malakaviy tayyorlov, qayta tayyorlov va malaka oshirish kurslaridan foydalana oladilar:

  • ish izlovchining hech qanday malakasi (kasbi, tahsili) bo‘lmasa;
  • ish izlovchining malakasi(mutaxassisligi, faoliyat turi)ga mos ish topish imkonsiz bo‘lganligi bois kasbni almashtirish kerak bo‘lganda;
  • kasbiy kasalliklar tufayli uzoq muddatli tanaffus olganlar yoki sohada yangi texnologiyalarning joriy qilinganligi bois ish malakasini va ish joyini yo‘qotgan shaxslar aniqlanganda.

Bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan 40 dan oshiq soha va mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlov va qayta tayyorlov kurslari tashkil etilgan. Interaktiv xizmatlar bo‘limi orqali siz o‘zingiz istagan tayyorlov, qayta tayyorlov va malaka oshirish kurslarida qatnashish istagini bildirishingiz mumkin. Axborot xizmatlari orqali Toshkent Kasbiy ta’lim markazi faoliyati haqida ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin